Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi kurash: prokuratura nafaqaxo‘rlarning pulini o‘zlashtirgan mansabdorlarni aniqladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 28 iyun kuni Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini o‘qib eshittirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Hisobotda sohadagi yutuq va kamchiliklar, o‘tgan yil davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilingan. Ular orasida eng diqqatga sazovor raqamlardan biri quyidagi ifodalangan:
«Og‘ir bo‘lsa ham, biz aytishim kerak, xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda sog‘liqni saqlash tizimida mansabdor shaxslarga nisbatan 294ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu ishlarning asosiy qismini budjet mablag‘larini talon-taroj qilish, poraxo‘rlik, turli mansab suiiste'molchiligi kabi jinoyatlar tashkil etadi», deydi Bosh prokuror.
O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodovning qayd etishicha, to‘lovlarni asossiz kechiktirish holatlari yuzasidan 727 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.
«Masalan, Ellikqal'a tumani pochta aloqasi bo‘limi mansabdor shaxslari 278 million nafaqa pulini o‘zlashtirgani uchun sud hukmi bilan jazoga tortildi. Yoki Quva agrosanoat kasb-hunar kolleji mansabdor shaxslari 94 million so‘m fuqarolarning haqini talon-taroj qilgani uchun qonun oldida javob berdi», deydi u.
Mavzuga oid
12:19 / 15.05.2026
Poraxo‘r kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi
22:18 / 06.02.2026
Korrupsioner tashkilotlar, Samarqanddagi nepotizm va kechikayotgan qonunlar – Antikor agentligidan reportaj
20:42 / 31.12.2025
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi taqdim etiladi
18:46 / 31.12.2025