Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallada diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi tugatildi
Fuqarolar yig‘inlarida diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi tugatildi. Bu haqda senatorlar ma'qullagan qonun bilan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonuniga ushbu o‘zgartishlar kiritildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, fuqarolar yig‘inlarining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi lavozimi joriy qilingandi.
Shu munosabat bilan, 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida ma'qullangan qonun bilan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonuniga ushbu o‘zgartishlar kiritildi.
Mavzuga oid
08:47 / 01.06.2026
Rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sun’iy intellekt orqali baholanishi mumkin
10:06 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - ona yurtimizning go‘zal timsoli
19:32 / 24.01.2026
Barcha mahallalarning nomlari qayta ko‘rib chiqiladi
18:49 / 24.01.2026