Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - ona yurtimizning go‘zal timsoli
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z tantanalarida so‘zlab, mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, uni ona yurtning go‘zal timsoli sifatida ta’rifladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, mahalla tushunchasi har bir yurtdoshimiz uchun muqaddas qadriyat bo‘lib, u xalqimizning birdamligi, bag‘rikengligi va o‘zaro mehr-oqibatini o‘zida mujassam etadi.
Prezident “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida bu borada keng ko‘lamli dastur va rejalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev mahallada tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, ijtimoiy muammolarni joyida hal etish, ezgulik va adolatni qaror toptirishda otaxon va onaxonlar, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol fuqarolarning ishtiroki ayniqsa muhim ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbari ushbu jarayonlarda mahalla tizimi vakillariga katta ishonch bildirib, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini yuksak baholadi.
Shuningdek, prezident ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan barcha mahalla raislari va faollarini, butun yurtdoshlarni samimiy tabriklab, ularga yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.
Qayd etilganidek, mahalla instituti mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va jamiyatni yanada birlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Mavzuga oid
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
18:21 / 07.05.2026
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
17:56 / 07.05.2026