Emomali Rahmon xorijdagi jangovar harakatlardan o‘z ixtiyori bilan qaytganlarni ayashga chaqirdi
So‘g‘d viloyati faollari oldida chiqish qilar ekan, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon jinoyatchilik, jumladan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi, deb yozadi News.tj.
«O‘tgan bir yil va besh oy mobaynida So‘g‘d viloyati hududida 8,7 ming jinoyat ochilgan, ulardan 500tasi terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq, bu esa o‘tgan yillardagi natijalardan ko‘p», — deya Emomali Rahmonning so‘zlarini keltirmoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Prezident ayniqsa yoshlar orasida tushuntirish ishlarini olib borish muhim ekanligiga urg‘u berib, yoshlarning turli terroristik va ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta'kidlagan.
Qo‘shni davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, viloyat hududida terroristik va ekstremistik yo‘nalishdagi partiya va tashkilotlarning 275 nafar a'zosi jinoiy javobgarlikka tortilgan, yana 715 kishi terrorizm va ekstremizm uchun qidiruvga berilgan. Ular asosan Isfara, Istaravshan, Asht, Spitamen, Xo‘jand, Panjakent, J.Rasulov, Konibodom, Mastchoh, Zafarobod, Bo‘ston, Istiqlol va Devashtich tumanlari va shaharlari aholisiga mansub hisoblanadi.
Prezident huquq-tartibot organlari, mahalliy hokimiyat va ota-onalarni xorijda noqonuniy ta'lim olayotgan yoki boshqa davlatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashayotgan fuqarolarni qaytarishga chaqirib, qonunchilikka ko‘ra, boshqa davlatlar hududida jangovar harakatlardan o‘z ixtiyori bilan bosh tortib, vataniga qaytgan fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
19:12 / 18.04.2024
O‘zbek va tojik xalqlari do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan - Mirziyoyev va Rahmon bayonoti
22:34 / 25.03.2024
«Terrorchining vatani, millati va dini bo‘lmaydi» – Emomali Rahmon Moskvadagi terakt haqida
20:56 / 11.03.2024
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston hukumati delegatsiyasini qabul qildi
18:36 / 29.01.2024