Bugun Rostov-na-Donuda Yaponiya va Belgiya terma jamoalari çorak finalda kim öynaşini aniqlab olişadi. Quyida terma jamoalarning imkoniyatlariga baho beriladi.
Belgiyaning oltin avlodi

Guruh bosqiçida barça uçraşuvlarda ğalaba qozongan Belgiya bu safar ham çempionlik uçun jiddiy da'vogar ekanini namoyiş etdi. Belgiyaliklar Rossiyadan keyin ikkinçi bölib guruh bosqiçini hal qilişdi. G guruhida Panamani (3:0), Tunisni (5:2) va Angliyani (1:0) mağlub etgan Roberto Martines şogirdlari jami 9 gol urib, guruh bosqiçidani eng samarador jamoa böldi.
Belgiyaliklarning samaradorligi Belgiyadagi elektron tovarlar bilan savdo qiluvçi tarmoqning bir taşabbusiga sabab böldi. Bu tarmoq aksiya ötkazib, agar Belgiya turnir davomida jami 15tadan ortiq gol ursa, şu aksiya davomida sotib olingan televizorlarning pulini qaytarişni va'da qildi.
«Mening döstlarim televizor xarid qilişdi. Şu tufayli men köproq gol urişim kerak, bu orqali men ularga televizor hadya etgan bölaman», deydi terma jamoa yetakçi futbolçilaridan biri Dris Mertens. Hozirça uning hisobida faqat bitta gol bor.
Yaponça şarmandalik
Yaponlar turnirni köpçilik uçun kutilmagan holda guruh favoriti Kolumbiya ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozoniş bilan boşladi. Senegalga qarşi keçgan ikkinçi tur öyinida mardonavorlik körsatib, oxirgi daqiqalarda navbatdagi oçko keltiruvçi golni urişdi (2:2). Oxirgi turda esa Polşaga kiçik hisobdagi mağlubiyat (0:1) ularga feyr-pley qoidasi böyiça pley-offga çiqiş imkonini berdi. Yaponlar qöşimça körsatkiçlar (nisbatan kam sariq kartoçkalar) böyiça oçkolar va töplar nisbati özlariniki bilan bir xil bölgan Senegalni ortda qoldirişdi.
Ammo polyaklarga qarşi öyinning oxirgi 15 daqiqasida yaponlarning harakatlari «toza futbol» va feyr-pleyga batamom zid edi. Narigi öyinda Kolumbiya Senegal ustidan ğalaba qozonayotganini bilgan yaponlar (kolumbiyaliklarga ham ğalaba juda zarur edi) futbol öynaşni töxtatib qöyişdi. Ular şunçalik vaqtni çözişdiki, Polşa tarkibida yubiley 100-uçraşuvini ötkazmoqçi bölgan Blaşçikovski niyatiga yeta olmadi, yaponlar töpni faqat bir-biriga uzatiş bilan vaqtni öldirişgani uçun, futbolçi almaştirişning imkoni bölmadi.
260 soniya içida «Kök samuraylar» bir-birlariga 80 marta uzluksiz töp uzatişdi. Turnirni muddatidan avval tark etib bölgan polyaklar ham oldinga borişmadi va hakam huştagi çalinişini kutib, ğalabani saqlab qolişdi. Yaponiya öz tarixida uçinçi marta jahon çempionatining pley-off bosqiçiga çiqdi. Ammo samuraylar kodeksida bunday şarmandalik uçun xarakiri belgilangan.
Hondaning uzri

Osiyoliklarning jahon çempionatlaridagi eng yaxşi töpurari Keysuki Honda (10 öyinda 4 gol) öz jamoasining bunday yöl tutgani uçun uzr söradi. U muhimi guruhdan çiqiş bölganini aytdi va muxlislarning bunday zerikarli futboldan norozi ekanini töğri tuşunişini bildirib, keçirim söradi.
Yaponiya uçinçi marta guruhdan çiqqan. Bungaça yaponlar öz maydonlarida bölib ötgan jahon çempionatida pley-offda öynab, birinçi bosqiçdayoq Turkiyaga yutqazişgan (0:1), JAR maydonlarida ötkazilgan 2010 yilgi mundialda esa nimçorak finalda yaponlarni Paragvay penaltilar seriyasida mağlub qilgandi (0:0, penaltilar böyiça 5:3).
Bir boş baland sakraş vazifasi

Eden Azar, Kevin De Breyne, Romelu Lukaku va boşqalar, Belgiyaning oltin avlodi uçinçi marta yirik xalqaro turnirga katta umidlar uyğotib taşrif buyurgan, muxlislar keyingi yillarda bu jamoadan köp narsa kutişmoqda, ammo har safar işonçlar oqlanmayapti. Ular Braziliya mundialida ham yaxşi iştirok etişgan va çorak finalga çiqişgandi. Endi ulardan bu natijani yaxşilaş talab etiladi. Qolaversa, ular Belgiya tarixidagi eng yuqori çöqqi, yarim finalni ham yangilaşlari kerak. Belgiya 1986 yilgi jahon çempionatida nimçorak finalda SSSR terma jamoasini mağlub etgan (4:3), çorak finalda Ispaniya penaltilar seriyasida ojiz qoldirilgan (1:1, 5:4), ammo yarim finalda keyinçalik çempion bölgan Diyego Maradona boşçiligidagi Argentina tomonidan töxtatilgandi (2:0). Belgiyaliklar uçinçi örin uçun bahsda Fransiyaga mağlub bölişgan (2:4).
Kurtuaning tayyorgarligi
Tibo Kurtuaning özi öyindan oldin intervyu berdi. U turnirdan avval inglizlar ataylab ikkinçi örinda qolişni ma'qul körişini kutmaganini, endi ular Yaponiyaga qarşi öyin arafasida keyingi bosqiçda brazillarga raqib bölişlari mumkinligi haqida öylayotganini gapirib berdi.
«Bizning terma jamoa keyingi ikki öyinda barçaga biz çempion bölişga tayyorligimizni namoyiş etadi», degan darvozabon.
Rostan ham Belgiya çempionlikka tayyormi?
BeLGIYa – YaPONIYa
2 iyul. Rostov-na-Donu. «Rostov Arena» stadioni. 23.00 (Pervyy kanal).
Hakamlar: DeDYu. Kamara, Samba (barçasi – Senegal).












