O‘zbekiston | 11:18 / 05.07.2018
7005
3 daqiqa o‘qiladi

«JV MAN Auto–Uzbekistan MChJ QK» – «Best Practice Award 2018» mukofoti sohibi

25 iyundan 27 iyunga qadar Germaniyaning Myunxen shahrida «MAN Truck & Bus AG» xalqaro kompaniyasi tomonidan «3rd xKD Customer Days» forumi tashkil etildi. Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridagi MAN kompaniyasi vakillari, jumladan «JV MAN Auto – Uzbekistan» MChJ QK mutaxassislari ishtirok etdilar.

Forum doirasida ishtirokchi-mamlakatlar vakillari o‘z kompaniyalarini taqdim etdilar va ularning eng salmoqli yutuqlari haqida so‘zladilar. «JV MAN Auto – Uzbekistan»  MChJ QK tomonidan kompaniya faoliyati va yutuqlari to‘g‘risida videorolik namoyish etildi, shuningdek karkasni qoplash jarayoni samaradorligini sezilarli oshiruvchi va inson resurslarini tejovchi avtobus tomi karkasini o‘girgich (o‘girish uchun mexanizm) taqdim etildi.

Barcha chiqishlar nihoyasiga yetkach, har bir taqdimot baholandi. Baholashning asoiy mezonlari quyidagilar bo‘ldi:

✔ CLA,TGM,TGS yuk avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

✔ CLA yuk avtomobillari kabinasini ishlab chiqarishni tashkil etish;

✔ MAN avtobuslari ishlab chiqarishni tashkil etish;

✔ Innovatsion yutuqlar;

✔ Ishchilar malakasi.

 Forum yakuniga ko‘ra mutlaq g‘alaba – 1-o‘rinni va «BEST PRACTICE AWARD 2018» mukofotini «JV MAN Auto–Uzbekistan» MChJ QK vakillari qo‘lga kiritdi. 2- o‘ringa rossiyalik MAN kompaniyasi vakillari, 3- o‘rinni esa Janubiy Afrika vakillari egalladi.

Foto: JV MAN Auto–Uzbekistan

«JV MAN Auto–Uzbekistan» MChJ QK ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan shug‘ullanibgina qolmay, sotuvlar sohasida ham rivojlanib bormoqda. Chunonchi, yaqinda kompaniya «9 tonna» manfaatli aksiyasi haqida e'lon qildi, u CLA 18.280 4x2 BB samosvali xaridorlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kompleks servis-paket uchun maxsus narxlarni ko‘zda tutadi.

Batafsil axborot bilan tanishish va kompaniya yangiliklarini kuzatib borish uchun rasmiy saytimiz  www.man.uz  va kompaniyaning feysbukdagi sahifasiga fb.com/MANAutoUzbekistan tashrif buyuring!

Mavzuga oid