Jamiyat | 17:00 / 27.12.2019
28208
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«JV MAN Auto-Uzbekistan» kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportiga yangi avtobuslarni taqdim etdi

Bugun, 2019 yil 27 dekabr kuni Samarqand shahrida «JV MAN Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan MAN A22 yangi avtobuslarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti vakillariga topshirish marosimi o‘tkazildi.

Yangi past polli avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadlarida xarid qilindi. «JV MAN Auto-Uzbekistan» zavodida ishlab chiqarilgan avtobuslar endi yo‘lovchilarni aeroport terminalidan bevosita samolyot bortiga va ortga yetkazib qo‘yadi.

Uzunligi 12 metr bo‘lgan MAN A22 avtobuslari MAN shassisi bazasida ishlab chiqariladi. Past pol va avtobusdagi «og‘ish» tizimi yo‘lovchilarning chiqish va tushishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, konditsioner va isitish tizimi esa avtobus salonida yil davomida qulay harorat bo‘lishini ta'minlaydi.

Avtobuslarning yengil alyumin kuzovi yo‘l qoplamasiga yuklamani kamaytirish imkonini beradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Kuzovning keng o‘lchamlari bir reysda 100 nafar yo‘lovchini tashish uchun salonda yetarlicha maydon bo‘lishini ta'minlaydi. Qayd etish joizki, avtobusning umumiy sig‘imi aeroportda yo‘lovchilarni tashish uchun maxsus kengaytirildi.

Shohruh Sultonov, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK Sotuvlar, servis va marketing bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari:

«JV MAN Auto-Uzbekistan» zavodida ishlab chiqarilgan avtobuslarning ajralib turuvchi xususiyatlari xavfsizlik, qulaylik, zamonaviy dizayn, raqobatbardosh narx va ko‘plab opsiyalar mavjudligi bo‘lib, ularni har bir buyurtmachining talablari va istaklariga moslashtirish imkoni mavjud. Xalqaro aeroport o‘z mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun bor imkoniyatlarni ishga soladi, kompaniyamiz esa, o‘z navbatida, aeroportda xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur texnikalarni taqdim etishga tayyor.

Shuni ham ta'kidlaymizki, ushbu avtobuslar Qozog‘istonda sertifikatsiyadan o‘tgan va Bojxona ittifoqining «G‘ildirakli transport vositalari xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglamentlari talablariga va YeVRO-4 ekologik standartlariga to‘liq muvofiq keladi. Shu tariqa, avtobuslarimiz sifati ulardan nafaqat O‘zbekiston, balki Bojxona ittifoqi mamlakatlari hududlarida ham foydalanish imkonini beradi.

Bugungi kunda MAN A22 past polli avtobuslarini mahalliylashtirish jarayoni «JV MAN Auto-Uzbekistan» QK zavodida o‘zlashtirilgan va kavsharlash, bo‘yash va kuzovni yig‘ish, shuningdek interer va ekstererni yig‘ishning to‘liq texnologik jarayonini o‘z ichiga oladi. Kompaniya bugungi kunda ushbu avtobus turi uchun 130dan ziyod nomdagi butlovchi detallarni o‘zlashtirgan».

Yangi MAN avtobuslari nafaqat yo‘lovchilar, balki haydovchiga ham qulaylik beradi. Haydovchining ergonomik ish o‘rni yuqori darajada boshqaruv qulayligiga ega, puxta ishlangan dizaynli menyu va ulagichli uskunalar paneli, rul chambaragi balandligi va qiyaligining sozlanishi – zamonaviy qulay avtobus aynan mana shunday bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, yangi avtobuslar zamonaviy dvigatellarga o‘rnatiladigan dizel motorni boshqarishning elektron tizimi, o‘rnatma tormoz-sekinlatgich va EBS elektron boshqaruvli tormoz tizimili ZF 6 AP 1400 EcoLife avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Qayd etish lozimki, ushbu avtobuslarning yetkazib berilishi – bu «JV MAN Auto-Uzbekistan» kompaniyasining Toshkent xalqaro aeroporti bilan hamkorlik faoliyatidagi yangi yo‘nalishning boshlanishidir. Kompaniya yo‘lovchilar tashish uchun yuqori qulaylik va xavfsizlik darajasini taqdim etib, yo‘lovchi tashish rivojlanishining yangi bosqichini ochmoqda, u respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari bilan ham hamkorlik salohiyatini ko‘zda tutadi.

Ma'lumot uchun: «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK Markaziy Osiyo mintaqasidagi MAN katta yuk mashinalari va yo‘lovchi texnikasini ishlab chiqaruvchi sanaladi. Korxonaga 2009 yilda asos solingan va u Samarqand viloyatida joylashgan.

O‘zbekiston-Germaniya «JV MAN Auto – Uzbekistan»  qo‘shma korxonasi yuk ko‘tarish qobiliyati 15 tonnadan 50 tonnagacha bo‘lgan zamonaviy va ishonchli MAN tijorat texnikasini ishlab chiqaradi. MAN yuk avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi zamonaviy Yevropa standartlariga mos keluvchi eng yaxngi texnologik jihozlar bilan ta'minlangan.

Kompaniya avtobuslar, o‘rindiqli tyagachlar, samosvallar, beton aralashtirgichlar, suv tashuvchilar, chiqindi tashish mashinalari, sug‘roish mashinalari, jami 60 dan ziyod nomdagi maxsus texnika kabi keng ko‘lamdagi texnikani ishlab chiqaradi. Korxona yillik ishlab chiqarish salohiyati 3000 dona texnikaga teng.  

Yanada batafsil axborot olish uchun www.man.uz saytiga tashrif buyuring.

«JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid