Sport | 20:58 / 06.07.2018
12378
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya mundial karvonidan Urugvayni tushirib yubordi

Foto: AP

Rossiyada jahon chempionati pley-off bosqichi o‘yinlari davom etmoqda.

1/4 final bahsida Urugvay va Fransiya bellashdi. O‘yinda yevropaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

40-daqiqada jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni Varan boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. 61-daqiqada Grizmanning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, darvozabon Muslera to‘pni ushlab qololmadi va u darvozaga kirib ketdi.

Endi Fransiya terma jamoasi yarimfinalda Braziliya - Belgiya o‘yini g‘olibi bilan bellashadi.

JCh-2018, 1/4 final
Urugvay – Fransiya 0:2 
6 iyul, «Nijniy Novgorod» stadioni
Gollar: 0:1 – 40 Varan, 0:2 – 61 Grizmann. 
Urugvay – Muslera, Godin, Ximenes, Kaseres, Nandes (Urretaviskayya, 73), Laksalt, Bentankur (Rodriges, 59), Torreyra, Vesino, Suares, Stuani (Maksi Gomes, 59).
Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Pogba, Kante, Tolisso (Nzonzi, 80), Grizmann (Fekir, 90), Jiru, Mbappe (Dembele, 88).
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (33), Bentankur (38), Rodriges (69), Mbappe (69).

Mavzuga oid