Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali qancha odam ishga joylashganligi ma'lum qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev chiqish qilib, hududlarda aholi bandligi masalasida yo‘l qo‘yilayotgan rasmiyatchiliklarni bartaraf etish, aholini ish bilan ta'minlash hamda mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga atroflicha to‘xtaldi. Shu bilan birga, shu kunga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali qancha odam ishga joylashganiga doir ma'lumotlar taqdim etildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati shu haqida xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rag‘batlantirish natijasida 2018 yilning yanvar-may oylarida 213 mingga yaqin ish o‘rinlari tashkil qilingan. Hududlarda joriy yilning 5 oyida o‘tkazilgan 584 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari yarmarkalarida 28,5 mingta ish beruvchi va 183,4 ming nafar ish qidirayotgan fuqarolar ishtirok etdi. Ularning natijasiga ko‘ra 32,6 ming nafar shaxs, shu jumladan, 21,1 mingga yaqin yoshlar – o‘quv muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar, qamoq jazosidan ozod etilganlar va boshqalar ishga yo‘llanma oldi.
Vazir o‘z axborotida tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha 2018 yilning 4 oyi davomida fuqarolarning tashqi mehnat migratsiyasini ta'minlash borasida amalga oshirilgan muayyan ishlarni alohida e'tirof etdi.
Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga asosan 2017 yilda 2613 nafar, 2018 yilning 5 oyida 1023 nafar – jami 3636 nafar fuqaro mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning aprelida Rossiya Federatsiyasiga Davlat tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida “O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatlarini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan tartibda tanlab olish va ishga joylashtirish bo‘yicha Hukumatlararo Bitim” imzolandi va har ikki davlat tomonidan ratifikatsiya qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi orqali 2017 yilda 922 nafar fuqaro Rossiyada ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 2018 yilning 5 oyi davomida 380 nafar fuqaro ishga joylashtirildi va 12,5 mingga yaqin fuqaroga Agentlik, uning hududiy filiallari hamda mehnat organlari tomonidan maslahat berish, ro‘yxatga olish hamda imtiyozli chiptalar berilishi orqali Rossiyada mehnat faoliyatini olib borishiga ko‘maklashildi.
Fuqarolarning tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida 2018 yil 30 aprelida O‘zbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati o‘rtasida Hukumatlararo Bitim imzolandi va bugungi kunda uni kuchga kiritish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish geografiyasini kengaytirish maqsadida BAA, Qozog‘iston, Polsha, Yaponiya, Chexiya va Ummonning vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan faol hamkorlik qilmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilindi, shundan 8 tasi fundamental bolalar va majburiy mehnatga qarshi kurashish konvensiyalari hisoblanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aholi bandligini ta'minlash va uning barqaror real daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, bu borada qator muammoli masalalar aniqlangani, ularni hal etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi:
- mehnat bozorining yagona informatsion-tahliliy tizimini yaratish;
- ishsizlarni kasbga o‘qitish tizimini takomillashtirish, kasbiy kompetensiya tizimini yaratish;
- tashqi migratsiya faoliyatini takomillashtirish;
- iqtisodiyotda yuqori darajada saqlanib qolayotgan norasmiy bandlik ulushini qisqartirish;
- mehnat organlari salohiyatini oshirish;
- fuqarolar, xodimlarning kafotlangan mehnat huquqlarini ta'minlash, mehnatni muhofaza qilish sohasini takomillashtirish.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:02 / 26.08.2024
AQSh politsiyasi jinoyatlarga oid hisobotlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi
10:30 / 16.08.2024