Bugatti 5 mln yevrolik yangi giperkarini ishlab chiqdi
Bugatti kompaniyasi avgustda AQShning Pebbl-Bich shahrida o‘tuvchi bashanglik tanloviga narxi 5 mln yevroni tashkil qiluvchi hashamatli Divo giperkarini olib keladi. Mutaxassislarning fikricha, bu mashina yangi model bo‘lmay, Chiron modelining o‘ziga xos versiyasigina bo‘ladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, giperkar 100 dona miqdorda ishlab chiqariladi, biroq avtomobilga buyurtma berilishining ilk kunlariyoq barcha mashinalar taqsimlab bo‘lingan. Kelgusida mashinani yanada qimmatroq narxda sotib olish imkoni bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, yangi Bugatti Divo tezlashish nuqtai nazaridan fransuz markasining eng tezkor mashinasi bo‘ladi. Mashina 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa, aksincha, 420 km/soatdan 385 km/soatgacha kamytirilgan. Mashina haqidagi batafsil ma'lumot Pebbl-Bichdagi tadbirdan keyin paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid

23:39 / 05.10.2021
Dunyodagi eng chiroyli giperkar ma'lum qilindi

23:08 / 20.05.2021
Bugatti giperkari qiruvchi samolyot bilan tezlikda bahslashdi (video)

00:22 / 21.04.2021
Xitoy kompaniyasi Bugatti Chiron’dan shiddatliroq giperkarni taqdim etdi

23:26 / 16.12.2020