Jahon | 17:40 / 08.07.2018
11684
1 daqiqa o‘qiladi

Brexit jarayonining eng yirik homiysi Rossiya elchisi bilan 11 marta yashirincha uchrashgan – OAV

Foto: Stefan Wermuth/Reuters

Brexit jarayonining eng yirik homiysi hisoblanuvchi britaniyalik biznesmen Aaron Benks Rossiya elchisi bilan kamida 11 marta maxfiy tarzda uchrashgan. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Nashrning hujjatlarga tayanib xabar berishicha, Benks va Rossiya elchisi 11 bor uchrashishgan.

Bundan tashqari, Rossiya elchixonasi biznesmenga to‘rtta taklifnoma yuborgan. Bu taklifnomalar qabul qilinganmi-yo‘qmi, ma'lum emas.

Aniqlik kiritilishicha, uchrashuvlar Buyuk Britaniyaning Yevroittiffoq tarkibidan chiqishi haqidagi referendumdan bir necha oy avval bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya milliy kriminal agentligi xodimlari Aaron Benksning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirayotganligi xabar qilingandi.