
Hozirda böyinboğ – işbilarmon erkaklar kostyumining ajralmas qismidir. Biroq qaçondan boşlab böyinga boğlangan mato bölagi mavqeni bildiradigan va bezak sifatida foydalaniladigan böldi?

Böyinboğning urfga kirişi armiyadagi xizmatdan kelib çiqqan. 1974 yilda Xitoyda maşhur terrakota armiyasi topildi. Xitoylik imperator Tsin Şixuandi narigi dunyoda armiyani boşqariş va öz duşmanlarini yengiş uçun uni öz harbiylari bilan kömişni vasiyat qiladi. Albatta, haqiqiy armiyani öldirişni heç kim istamaydi, şuning uçun Osiyolik ustalar xitoylik harbiylarning sakkiz mingdan ortiq haykallari nusxasini yaratişdi. Eng qiziği, har bir harbiyning böynida römolça boğlangan. U dunyoga imperator bilan oddiy harbiylar “yöl olişmagan” bölsa kerak. Bu imperator şaxsiy gvardiyasi yoki uruşda alohida ajralib turgan askarlarga xos bölgan buyum degan qaraş mavjud.

Böyinga boğlangan matoni rimlik legionerlarning Trayan Kolonnasida ham uçratiş mumkin. Bu ustun rimliklar tomonidan Trayan imperatorining dakiy qabilalari ustidan erişgan ğalabasi şarafiga miloddan avvalgi 113 yilda tayyorlangan. Terrakota armiyasi bilan bölgani kabi böyindagi römollar faqat gvardiyaçilar va alohida xizmat körsatgan kuraşçilarga munosib körilgan. Bu öziga xoslik keyingi yuz yillikda ham saqlanib qolgan, deya taxmin qiliş mumkin.
Modadagi turli jihatlar rivojlandi. XVIII asrda Yevropadagi deyarli barça erkaklar hajmi va biçimiga köra bir-biridan farqli bölgan böyinboğlarni taqişardi. Ular garderobning asosiy buyumiga aylanişiga oz qoldi. Böyinboğlarga atalgan kitoblar yozildi, körgazmalar ötkazildi. Şu darajaga borib yetdiki, ba'zilar böyinboğni barça qoidalarga amal qilib böyinga boğlaşga ertalab juda köp vaqt sarflaşardi.








