Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada Xenkok Sog‘liqni saqlash vaziri, sobig‘i esa "Tashqi ishlar"ga ketdi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II Madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Mett Xenkok nomzodini Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rniga tasdiqladi. Bu haqda Britaniya hukumati devoni xabar bermoqda.
Shu paytgacha Sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat olib borgan Jyeremi Xanta esa Tashqi ishlar vaziri o‘rnini egallagan.
Avvalroq, sobiq Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson va Brexit masalalari bo‘yicha vazir Devid Devis Britaniyaning Yevroittifoqdan ajralib chiqishi masalalarida Bosh vazir Tereza Mey bilan kelisholmayotgani tufayli iste'foga chiqqani aytilgandi.
Endilikda bo‘shab qolgan Madaniyat vazirining vazifalarini Angliya va Uels Bosh prokurori Jyeremi Raytga yuklatilmoqda. U boshqarishga kirishayotgan vazirlik to‘liq holda Raqamli texnologiyalar, madaniyat, OAV va sport vazirligi, deb nomlanadi.
Mavzuga oid
09:39 / 19.06.2026
AI inqilobi smartfonlar narxini yanada oshirishi mumkin
17:57 / 17.06.2026
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda ishga tushiriladi
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
20:26 / 12.06.2026