11 yoşdan 16 yoşgaça bölgan 12 nafar bola va ularning murabbiyi 23 iyunda Tailandning eng şimoliy nuqtasida joylaşgan Txam Luang ğoriga otlangandi. «Örmon tönğizlari» ösmirlar futbol jamoasi a'zolari ğor içiga sayr qiliş uçun kirib ketib, kuçli yomğirlar oqibatida ğordan çiqiş yöllari suv ostida qolgani sababli u yerda qolib ketişdi.

Foto: AP
13 kişi bedarak ketgaç Tailand armiyasi ularni qidiriş uçun safarbar qilindi. Köp ötmay ularga Buyuk Britaniya, AQŞ va Xitoydan kelgan köngillilar qöşildi, bolalarni minglab qutqaruvçilar qidirdi. Tez orada ğorga kiriş joyida 11ta velosiped va murabbiyga tegişli mototsiklni topişdi.
9 kun ötib britaniyalik dayverlar (çuqurlikdagi ğorlarga tuşiş bilan şuğullanadigan mutaxassis) Jon Volanten va Riçard Stento ğor içkarisida murabbiy va bolalar jon saqlayotgan nuqtaga yetib borişdi. Ularga kislorod va oziq-ovqat yetkazib bera boşlaşdi, Tailand hukumati esa ösmirlarni qanday çiqarib oliş haqida öylay boşladi.

Foto: Sakchai Lalit / AP
Amaliyot 10 iyul kuni yakunlandi, ğordan şu kuni oxirgi bolakay va 25 yoşli murabbiy olib çiqildi. Lekin bu vaqt davomida qutqaruvçilardan biri halok böldi, bolalarning hayoti ham bir neça bor xavf ostida qoldi.
Ösmirlar ğorda 4 oy qolib ketişi ham mumkin edi

Foto: Tham Luang / AP
Guruh joyi aniqlanganida qutqaruvçilarni ularni olib çiqiş murakkabliklari öylantirib qöygandi. Bu çindan oson emasdi: 9 kun davomida ğor içida oziq-ovqatsiz va içimlik suvisiz qolib ketgan bolalarning aksari suza olmas va darmonsiz edi.
Bu holda ularni olib çiqiş ularning hayotiga xavf tuğdirardi. Çunki, ğor yölaklarini suv töldirgan, 4 kilometrlik masofani tajribali ğavvoslar ham bazör bosib ötardi. Bolalar umumiy uzunligi 7 kilometrlik ğorning örtasidagi havo bor bölmasida jon saqlab qolişgandi.


Hatto tajribali ğavvos ham bu masofani bosib ötişi uçun 6 soat vaqt talab etilardi, bu yölda har kimga ölim tahdid solardi, şunday ham böldi, ğavvoslardan biri bolalarga havo yetkazib berib ortga qaytayotganida öziga havo yetmasdan halok böldi.

Qolaversa, ğor bir tekis emasdi, bu esa suzişni maksimal darajada qiyinlaştirardi. Xalqaro ekspertlar bolalarni dayving usulida olib çiqiş variantiga oxirgi çora sifatida qaraşmoqda edi.
«Inson köriş darajasi minimum bölgan şaroitda vahimaga tuşadi va yoki özini yoki qutqaruvçini halok qiladi», degandi ğorlarda suv ostida qolgan kişilarni qutqariş va evakuatsiya qiliş böyiça xalqaro taşkilotning hududiy koordinatori Edd Sorrenson.
Bunday amaliyotning xavflilik darajasi yuqoriligi tufayli Tailand hukumati bolalarni kislorod va oziq-ovqat bilan ta'minlab turib, 4 oy davomida ğorda qoldiriş hamda yomğirlar mavsumi tugab, ğordagi suvlar yöqolişini kutiş variantini ham körib çiqqandi. Şuningdek, nasoslar yordamida ğor içidagi suvni kamaytirişga urinib körişdi, bu çora muammoni hal qilmasdi, lekin qutqaruvçilar öquvçilar joylaşgan hududga oson yetib borişini ta'minlardi.
Tez orada Tailand hukumati bolalarni ğor içkarisida qoldiriş - eng yomon ssenariy bölişini anglab yetişdi. Birinçidan, 4 oy davomida bolalarga oziq-ovqat va kislorod yetkazib beriş jarayoni qutqaruvçilarning hayoti har kuni xavf ostida bölişini taqozo etardi. Qolaversa, ğor içida birdaniga havo qolmasligi yoki uni butunlay suv töldirişi ham mumkin edi. Şundan keyin hukumat evakuatsiyaning boşqa yöllarini qidira boşladi.
Ota-onalarga maktub

6 iyul kuni öquvçilar va ularning 25 yoşli murabbiyi ğavvos orqali öz yaqinlariga xat yozişdi.
Xat har-xil daftarlardan yulib olingan 6 ta qoğozga yozilgandi. Bolalar xatni 6 iyul, juma kuni ularga ota-onalaridan xabar keltirgan harbiy xizmatçi orqali berib yuborişdi.
«Bizda hammasi joyida, hamma soğ-salomat, xavotir olmang. Bu yerdan çiqqanimizda har xil mazali ovqatlar yeyişni istagan bölardik. Aziz öqituvçilar, iltimos, hozirça bizga uy vazifalari bermay turing», — deya bolalar xatning birinçi betida yozgan. Ularning har biri özining ahvoli haqida bir neça satrlik yozuvlar qoldirgan.
«Bizni ruhan qöllab-quvvatlab turganingiz uçun rahmat. Barça ota-onalardan meni keçirişlarini iltimos qilaman. Şuningdek, sizdan ruxsatsiz ğorga borgan bolalaringizni ham keçirişni sörayman», — deb yozgan murabbiy.
Ilon Maskdan taklif
4 iyul kuni SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari, tadbirkor Ilon Maskdan Tailanddagi ğorda qamalib qolgan ösmirlarga yordam berişni söraşdi. U bir neça variantlarni, jumladan ğor yonidan tunnellar kavlaşni taklif qildi va Tailandga The Boring Company va SpaceX kompaniyalari muhandislarini jönatdi.
«Balki urinib köriş kerakdir: ğorlar tizimi orqali bir metr diametrli neylon quvur (yoki murakkab qismlarda yanada torroq quvurçalar) ötkaziş va ularni havo bilan töldiriş kerak. Suv ostida ğor şifti ostida havo tunnelini yaratiş va uni nostandart hududlarga avtomatik moslaştiriş kerak, xuddi 70 santimetr kenglikdagi teşik kabi», — dedi Mask.
8 iyul kuni esa SpaceX muhandislari Falcon 9 raketasiga joylaştirilişi kerak bölgan katta kumuş nayçadan foydalanib, kiçik ölçamli «suvosti qayiği»ni qurişdi. Ilon Mask qurilmani ikkita ğavvos kötara oladigan oğirlikdagi mustahkam va kiçik tuynuklarga ham kira olişini tuşuntirib berdi. Şuningdek, unda kislorodli portlar va burun konuslari mavjud edi.
Simulating maneuvering through a narrow passage pic.twitter.com/2z01Ut3vxJ
— Elon Musk (@elonmusk) July 9, 2018
U keyingi kuni Los-Anjyelesdagi hovuzda kiçik suv osti qayiğini sinovdan ötkazdi. Uning içiga bir bola kirişi va uni ikki yondan ikki ğavvos tutib suzişi kerak edi. Lekin yoş bolalarni bu kapsula içiga kirişga köndiriş ilojsiz iş edi.
10 iyul kuni Mask Tailandga uçib keldi va ğorga kirdi. U bolalar jamoasi şarafiga «Örmon tönğizlari» deb nomlangan suv osti qayiğini olib kelgandi. Ammo Tailand hukumati bolalarni qutqarişda bu qurilmadan foydalanişni istamadi.
Ob-havo yomonlaşişi oxirgi çorani qöllaşga majbur qildi

Ilon Mask öz rejasini ma'lum qilganidan bir neça soat ötib, qutqaruvçilar uning yordamisiz harakatga kirişdi. Çunki, yana yomğir yoğa boşlagan va ğor suvga töliş xavfi ostida qolgandi.
Ğor oğzida lager qurib yaşayotgan ota-onalar roziligi olingaç, qutqaruvçilar ğor içiga yöl olişdi. Birinçi kuni 4 bola olib çiqildi. Dastlab nisbatan kuçliroq bolalar tanlandi. Keyingi kuni yana 4 bola qutqarildi. Amaliyotning oxirgi kuni, ya'ni bugun esa qolgan 5 kişi taşqariga olib çiqildi.
“90 divers from around the world, the best of the best, came to save these boys, and in such a short period of time,” @biannagolodryga reports. It took three days to lead all 12 boys and their 25-year-old coach out of the cave https://t.co/5IYDNrnXiW pic.twitter.com/TqgDtloOv6
— CBS News (@CBSNews) July 10, 2018
Maskning rejasi hukumat bilan kelişilgandi, ammo ğavvoslar vaqt kam qolgani tufayli mustaqil harakat qilişdi. Ular birgalikda suv osti qayiğidan foydalanişni samarasiz deb topişgandi.
Ilon Mask ğavvoslarning jasoratini e'tirof etdi va ularning qahramonona harakatlaridan hayratga tuşganini bildirdi. U öz qurilmasidan boşqa maqsadlarda foydalanişi mumkinligini qöşimça qilib ötdi.
Bolalar bilan endi nima böladi?

Evakuatsiya qilingan bolalar va murabbiy eng yaqin şifoxonaga olib borilgan. Tailand Soğliqni saqlaş vazirligi ularning barçasi hozirda özini yaxşi his qilayotganini ma'lum qilgan. Ularning heç birida bezgak aniqlanmagan.
Şu bilan birga bolalarning barçasida infeksiya bilan zararlaniş holatlari aniqlandi. Ma'lum qilinişiça, bolalardan olingan qon tahlillari infeksiyaning mavjudligini tasdiqlagan. Bundan taşqari, 2 nafar bola rentgen tekşiruvidan ham ötkazilgan. Rentgen tekşiruvi ham bolalarda infeksiya borligini körsatgan. Laboratoriya tahlillari natijalari 2 kun içida tayyor böladi.
Bolalar hozirça ota-onalari bilan faqat oyna ortida turib körişişdi. Yaqin haftalar davomida ular jismonan va ruhan tiklaniş jarayonini ötaydi.











