Jahon | 19:56 / 11.07.2018
10259
2 daqiqa o‘qiladi

Dehlida maktab ma'muriyati o‘quvchi qizlarni qamab qo‘ydi

Foto: BBC

Hindiston poytaxti politsiyasiga 16 nafar maktab o‘quvchisi 5 soat davomida yerto‘lada saqlangani haqida ariza kelib tushgan. 

Qizlar maktab to‘lovini amalga oshirmaganliklari sababli ushlab turilgan. Ular 4-6 yosh atrofida bo‘lishgan. Maktab rasmiylari mahalliy OAVga bergan intervyularida o‘quvchilarning faollar zalida saqlangani haqida axborot berishdi. Ota-onalar farzandlarini maktabdan olish uchun borganlarida ularni tutqunlikda saqlanayotganini bilib qolishgan. Ota-onalarning politsiyaga bergan shikoyatnomasida bayon qilinishicha, bolalar kunduzgi 7:30 dan 12:30 gacha issiq yerto‘lada och-nahor saqlangan. 

“Surishtiruv tugaganidan so‘nggina aybdorlarning nomini e'lon qilishimiz mumkin”, deya xabar berdi politsiya BBCga. 

Ba'zi ota-onalar o‘qish xarajatlarini to‘laganligini aytishmoqda. “Isbot ko‘rsatsam ham, maktab direktori qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, uzr so‘ramadi”, dedi ota-onalardan biri mahalliy yangiliklar sayti NDTVga bergan intervyusida. 

Bola huquqlarini himoya qiluvchi Dehli Komissiyasi maxsus surishtiruv tashkil qildi.

Mavzuga oid