Yarimfinal qandaydir boşqaça, alohida bir turnirga öxşaydi. Bu yerda kamdan kam holatda syurprizlarni köriş mumkin. Final ostonasi aslida juda kuçli tuyulgan unça munça terma jamoaning ham oyoğini qaltiratib qöyadi. Keça Martines yarimhimoyaga Dembeleni ham qöşib, markazni ziçlaştirib yuborganidan (natijada Braziliyaga qarşi öyindagi asosiy qurol – tezkorlik bilan hujumga çiqiş qiyinlaşdi, ortiqça paslar köpaydi) taşqari, Fransiyani öyin paytida favoritga aylantirib qöygan boşqa jihat ham borligiga işongim keladi. Şu haqida gaplaşaylik. 

Sönggi davrlardagi Yevropa çempionatlari finalçilariga e'tibor qaratsak, bu röyxatda Belgiya, Daniya, Çexiya, Gretsiya kabilarni ham köramiz. Qiziği, öxşaş formatda va köpinça ayni peşqadam jamoalar örtasida keçadigan jahon çempionati finallarida pastroq statusdagi jamoalarni uçratmaymiz. Braziliya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Ispaniya, Italiya, Argentina - mana sizlarga qariyb yarim asrlik davr mobaynida JÇ finallarida öynagan jamoalar. 

Aslida, öşa mundiallarni ham u qadar an'anaviy ötgan deb bölmaydi, zero bu turnirlarda ham birdaniga portlab çiqqan jamoalar topiladi, masalan, sönggi yillarda Şvetsiya, Bolgariya, Xorvatiya, Koreya, Turkiya, Portugaliya, Urugvay kabi terma jamoalar şular jumlasidan. Ammo, bu jamoalar qançalik yorqin öyin körsatişmasin, öz yurişlarini yarimfinalda töxtatişga majbur bölişgan. 

Sizning, axir Argentina va Braziliya jamoalari qöşilib, şunday holatni yuzaga keltiryapti-ku, degan e'tirozingizga qöşilmayman. Braziliya örniga 1998 yilda Niderlandiya, 2002 yilda Angliya çiqqan bölardi, masalan. JÇ-2014 finalçisi Argentina ham yarim finalda Niderlandiya ustidan ğalaba qozongan, demak ularsiz ham noodatiy final körmasdik baribir. Yevro va JÇ finalçilari örtasidagi bu öziga xos tafovutga boşqa tomondan sabab axtarib topsa böladi, menimça. 

Misol uçun, mundiallarda bir terma jamoa finalga çiqişi uçun qatorasiga 6 öyinni muvaffaqiyatli ötkazişi lozim, töğrimi? Guruh bosqiçida 3 öyin, pley-offda yana 3 öyin. Yevropada esa, Yevro-2016gaça yöl biroz qisqa bölgan - guruh bosqiçidan taşqari çorak final va yarim finalni, ya'ni 2 öyinni muvaffaqiyatli ötkaza olsangiz, kifoya, finaldasiz. 

Kuçli jamoalar uçun bu farq unçalik katta ahamiyat kasb etmaydi, ular qatorasiga 10 öyinda ham ğalaba qozonişlari mumkin, muammo yöq. Şuningdek, avvaldan oxirigaça borişni niyat qilgan termalar öziga xos strategiya bilan taşrif buyuradilar - öyindan öyinga kuçayib boriş, ma'lum reja asosidagi rotatsiya orqali kuç taqsimotini nazorat qiliş. Aytaylik, guruhdagi dastlabki ikki öyinda masalani hal qilib, uçinçi öyinda «tin oliş» yoki guruh öyinlarini «ekonom rejim»da ötkaziş.

Lekin turnir davomida iştahasi oçilgan jamoalar uçun bunday strategiya bölmaydi - ular har öyinga bor kuçlarini beradilar, har öyinda mağlubiyatga tayyor turadilar, töğrimi? Bu holatda ketma-ket öyinlarni yutiş oson emas.

Menimça, an'anaviy favoritlar va oddiyroq jamoalarning final sari yöllaridagi farq şu yerda - finalgaça bölgan öyinlar sonida kelib çiqadi. Aytmoqçimanki, qatorasiga 6 öyinda muvaffaqiyat qozoniş bilan qatorasiga 5 öyinda ğalaba qozonişning farqi katta. Demak, pley-offda 3 marta ketma-ket yutuqqa erişiş bilan 2 pley-off öyinini muvaffaqiyatli yakunlaş orasidagi farq katta. Mundial va Yevropa çempionati finalçilari orasidagi farq mana şu yerda namoyon bölmoqda. Aslida har ikki turnirda ham öşa turnir uçun «portlay olgan», kutilmagan favoritlar mavjud bölib kelgan, bu jamoalarni yuqorida sanab ham ötdik. Faqat bunday jamoalar uçun maksimal çegara 5 öyin bölgani uçun Yevropada ular finalgaça yetib bora olişgan, mundialda esa, final uçun 6-öyinni ham yutişga töğri kelib qolgan va yutqazişgan. (Tabiiyki, Daniya va Gretsiya 6-öyinni ham yutganini peş qilişingiz mumkin, lekin finalga çiqib olgaç, bir öyinda har qanday natija qayd etilişi mumkin. Yetmay qolişini aytayotganim kuç ham, motivatsiya ham topiladi) 

Bu fikrlar şunçaki, bir faraz xolos. 5 öyin bilan 6 öyin ötkaziş farqini ilmiy tomondan asoslab bera olmayman. Qiziği şundaki, Yevro-2016dan boşlab, bu turnirda jamoalar soni 24 taga oşirildi, ya'ni endi guruhdan keyin 1/8 final ham bölib ötadigan böldi. Finalga çiqiş uçun 6 öyini yutiş talab etiladigan format yuzaga keldi. Finalçilarni qarang – Fransiya va Portugaliya. Favorit maqomidagi jamoalar. Juda yorqin öynagan Uels yoki Islandiya yetib kela olmadi, qarang. Portugaliyani bu safar favoritga aylantirib olganimning ham sababi bor, rostan ham bu jamoaga raqib bölgan Polşa, Xorvatiya, Uels kabi terma jamoalar status jihatidan Portugaliyadan pastroq bölgandilar. Aytmoqçimanki, Yevropa ham finalgaça bölgan yölni 1 öyinga uzaytirgandi, bu yerda ham finalga faqat favoritlar çiqa boşladi. 

Bu formulani Rossiyada bölib ötayotgan jahon çempionatiga qöllasak, Angliya terma jamoasi finalga çiqişi kerak. Yarim finalda öz vaqtida çempion bölgan Angliya va Fransiya va hali biror marta finalda töp surmagan Belgiya va Xorvatiya çiqişganda, boyagi mulohozalardan kelib çiqib, Angliya – Fransiya finalini taxmin qiliş qiyin emasdi. 

Xöp, Fransiya-ku tuşunarli, sönggi yigirma yilda özining beşinçi finalida öynaydigan böldi, lekin Angliya oxirgi marta yirik turnir finalida öynagan paytda tuğilgan çaqaloq yarim asrdan köproq umr körişga ulgurdi-ku? Öşa 1966 yilda çempion bölgan Angliya bilan bugungi tajribasiz va yoş Angliyaning qanday umumiy jihati ham  bölsin? Angliyani yana nimaning hisobiga Xorvatiyadan kuçli deya olamiz?

Bodibildingda «Muscle memory» (Muşak xotirasi) degan tuşunça bor. Agar maşğulotlar yordamida ma'lum bir ölçamlar va darajaga çiqsangiz, bu butunlay böladi, ya'ni öşa ölçamlarni muşaklaringiz «xotira»sida saqlab qolar ekan. Keyinçalik öşa jismoniy holatni yöqotib, oradan ança vaqt ötib ketsa ham, bir kun yana şuğullanişni boşlasangiz, öşa, bir paytlar çiqqan körsatkiçlarga qaytiş ança oson bölar ekan. Siz bilan birga boşlab, heç qaçon öşa darajaga çiqmagan boşqa bir sportçidan köra, sizning öşa eski ölçamlarga çiqişingiz ança kam vaqt talab etar ekan. 

Futbolda buni ilmiy asoslaşning iloji yöq, albatta, lekin bilasizmi, keça Fransiyaning ança yoş tarkibi tajribaliroq va köproq yulduzlarga ega Belgiyadan salobatliroq köringaniga qarab turib, şu narsa esga tuşdi. Jamoa tarkibida qanday futbolçilar töp surmasin, öşa mamlakatdagi turnirga bölgan munosabat, belgilanadigan planka, reja, ruhiyat, muxlislarning qaraşi, muhit – bularning barçasi, menimça, öz vaqtida çempionlik darajasiga çiqqan va doimiy favorit sifatida tilga olinadigan terma jamoalarda boşqaça böladi. Aynan mana şu jihatlar ularga final ostonasida qanot böladi, birdaniga kuçli va salobatli terma jamoaga aylantiradi, raqibni qörqişga majbur qiladi. Menimça şunday. 

Nazarimda, bu faqat bugungi yarimfinalga taalluqli gap emas. Bilmadim, balki «muşaklarimizda» jahon çempionatida qatnaşiş bilan boğliq xotiraning yöqligi bizga doim halaqit berayotgandir, vazifamizni qiyinlaştirayotgandir, Eron, Saudiya Arabistoni yoki Janubiy Koreyaga sönggi pallalarda yordam berayotgandir. Nima bölgandayam, bir kun şu musobaqaga çiqiş kerak, keyin oson böladi...

Qahramon Aslanov