Qatarda ötayotgan jahon çempionatida V guruhida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.
Angliya (4) va AQŞ (2) milliy jamoalari örtasidagi tengma-teng kuraşlar ostida ötgan bellaşuvda hisob oçilmadi.
Guruhning birinçi öyinida Eron (3) qöşib berilgan daqiqalardagi gollar evaziga Uelsdan (1) 2:0 hisobida ustun kelgandi.
Sönggi tur oldidan barça jamoada pley-offga çiqiş imkoniyati bor. 29 noyabr kuni bölib ötadigan 3-turda Angliya Uels bilan Britaniya derbisini ötkazsa, AQŞ Eronga qarşi prinsipial töqnaşuvda maydonga tuşadi.
JÇ-2022. 3-tur. V guruhi
Angliya — AQŞ 0:0
25 noyabr, «Al Bayt»
Angliya – Pikford, Tripper, Maguayr, Stounz, Şou, Rays, Maunt, Saka (Reşford, 78), Bellingem (Henderson, 69), Keyn, Sterling (Griliş, 68).
AQŞ – Terner, Dest (Mur, 78), Rim, Tsimmerman, Robinson, Makkenni (Aaronson, 77), Pulişiç, Adams, Musa, Rayt (Sarjyent, 83), Vea (Reyna, 83).


















