«Al-Bayt» stadionida keçgan 1/8 final doirasidagi 4-uçraşuv ham yakuniga yetdi.
Angliya milliy jamoasi Senegalga qarşi saf tortib, yirik hisobda zafar quçdi. Henderson Bellingemning uzatmasidan keyin hisobni oçgan bölsa, bölim yakunida Keyn ham turnirdagi dastlabki golini kiritdi – 2:0.
Ikkinçi bölimning 57-daqiqasida esa Fodenning öyindagi ikkinçi golli uzatmasidan Saka foydalanib, hisobdagi farqni yiriklaştirdi – 3:0.
Şu tariqa, Angliya Senegalni uyiga ravona qildi va çorakfinal doirasida Fransiyaga qarşi maydonga tuşadigan böldi. Öyin 10 dekabr kuni bölib ötadi.
JÇ-2022. 1/8 final. 4 dekabr
Angliya – Senegal 3:0
Gollar: 1:0 – 38 Henderson, 2:0 – 45 Keyn, 3:0 – 57 Saka.
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz (Dayyer, 77), Şou, Henderson (Fillips, 82), Rays, Bellingem (Maunt, 76), Foden (Griliş, 65), Saka (Reşford, 65), Keyn.
Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Diallo, Yakobs (Ballo-Ture, 84), Mendi, Siss (Guyye, 46), Ndiay (Deng, 46), Sarr, Diatta (Sarr, 46), Dia (Dediu, 72).
Ogohlantirişlar: Kulibali (76).


















