2010 yil kuz oylarida Lyu Sya oxirgi marta turmuş örtoği, muxolifatçi Lyu Syaoboga Nobel mukofotini qölga kiritganini aytiş uçun şimoliy Xitoydagi qamoqxonaga borgandi. Şundan söng u 8 yil uy qamoğiga mahkum etildi.
Xitoy hukumati mamlakatdan çiqişga ruxsat berdi. 8 yil davom etgan tutqunlik 57 yoşli şoirani kamgap va kaşandaga aylantirdi. Lyu Sya Berlinga uçiş uçun Xelsinki (Finlyandiya) aeroportiga uçib kelganida, OAV xodimlari kutib turişardi. Lyu Sya baxtiyorligidan qöllarini kötarib fotokameraga qarab jilmaydi. Bir neça soatdan keyin u Berlindagi Tegel aeroportidan avtomobilda ketgan.

Jinoyatçilikda ayblanmagan Lyu Syaning ozod etilişi ğarbiy hukumat va faollarning köp yillik taşviqotlari natijasidir va Lyu erining bir yillik vafoti marosimidan bir neça kun oldin yoruğ dunyo yuzini kördi. Lyu Tsyabaoga nisbatan qöllanilgan 11 yillik qamoq jazosi va rafiqasini boşqalarga ta'sir ötkazmaslik uçun qöllanilgan hukm avtoritar hukumatning qat'iy çoralari edi.
Lyu Syaning akasi quvonçini yaşirolmadi: “Singlim yangi hayot boşlaş uçun Yevropaga yöl oldi. Unga kömaklaşgan, dalda bölgan barçaga minnatdorçiligimizni bildiramiz. Endi Lyu baxtli va tinç hayot keçiradi”.
Lyu Sya Germaniyaga yetib borganida boş vazir Li Ketsyan u yerga rasmiy taşrifni amalga oşirdi. Uşbu davlat xizmatçisi Lyuni ozod etişga öz hissasini qöşdi.
Germaniya kansleri Angela Merkel may oyida Xitoyga taşrifi çoğida xitoylik rasmiylar bilan Lyu Sya masalasini muhokama qilgan, deya xabar berişdi hodisa bilan taniş şaxslar.
Lyuning yaqin döstlari Gao Yu (Pekinda faxriy jurnalist) va Ye Du taxallusi bilan tanilgan Vu Yangveylarning aytişiça, Lyu Sya keça ertalab Finnair’da parvozni amalga oşirdi.
“Lyu Sya köp yillar hayotdan uzilib yaşadi. Ozodlik qalbidagi yaralarga malham böla oladi, deb umid qilaman”, deya izoh berdi Guanjouning janubiy şahridan qönğiroq qilgan Vu. Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Xua Çuningning axborot berişiça, Lyu davolaniş uçun Germaniyaga ketgan. U mahoratli rassom va şoira bölgan va 20 yil oldin turmuş örtoği ortidan siyosatga kirib kelgan. 2009 yilda hukumat Lyu Syabaoga 11 yillik qamoq jazosi tayinladi, çunki u siyosiy-iqtisodiy liberalizatsiyaga çorlovçi 8 Ustav manifestini yozişga yordam bergan. 2010 yil 8 oktabrda Nobel mukofotiga loyiq deb topildi. Rafiqasi oxirgi marta turmuş örtoğini qamoqda körib qaytganidan söng Pekinda telefon qönğiroği va internet tarmoğidan uzib qöyilgan 5 qavatli turar joyda uy qamoğiga mahkum etilgandi. Avvaliga jazo muddati qisqa bölişi kutilgandi. Lyu Associated Press’ga bergan intervyusida: “Butun umr şu taxlitda davom etmasligiga işonaman”, degan fikrlarni aytgan. Ammo kunlar oy, yillarga ulanib ketdi. Lyuning eşigi tagida qöriqçilar kun-u tun turişardi. Ular öşa yerga yiğilgan köngillilar, aktivist, jurnalist va diplomatlarni haydaş bilan ovora edilar. Döstlari uning ahvoli kundan-kunga yomonlaşib borayotganligini aytişardi.












