Sport | 23:20 / 12.07.2018
4276
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Paxtakor» Olmaliqdan g‘alaba bilan qaytdi

Superligada 14-turning qoldirilgan o‘yinlari davom etmoqda.

«Paxtakor» Olmaliqda OKMK bilan bellashdi. O‘yin taqdirini so‘nggi daqiqalarda urilgan gol hal qildi. 85-daqiqada Yaxshiboyev raqib darvozasini ishg‘ol etib, «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi.

Qayd qilish joizki, mezbonlar 52-daqiqada Muzaffarovning maydondan chetlatilishi natijasida, bir futbolchi kam bo‘lib harakat qilishgandi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 36 ochko bilan 1-o‘rinda, OKMK esa 14 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 14-tur
12 iyul, Olmaliq
OKMK (Olmaliq) — Paxtakor (Toshkent) - 0:1
Gol: Jasur Yaxshiboyev (85)

Hakamlar: Vladislav Tseytlin, Timur Galeyev, Aleksandr Sidorov, Akmal Rahimov.
OKMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Hojiakbarov (Abdumalik Abdullayev, 89), Muzaffar Muzaffarov, Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev (s) (Zohir Pirimov, 83), Vladimir Bubanya, Milosh Trifunovich, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Jamshid Hasanov (G‘ulom Haydar G‘ulomov, 68), Alisher Samatov
Paxtakor: Eldor Suyunov, Vladimir Kozak, Marko Simich (s), Sherzod A'zamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Jamshid Iskanderov, 64), Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Tiago Bezerra (Jasur Yaxshiboyev, 76), Ismoil Gonsalvesh (Igor Sergeyev, 70)
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Jahongir Ahmadov, Yegor Krimets, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiyev, Farrux Sayfiyev.
Ogohlantirish: Muzaffar Muzaffarov 26
Chetlatish: Muzaffar Muzaffarov 52.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid