Olmaliq şahrida ikki nafar maktab öquvçisi iştirokida oğir yöl-transport hodisasi sodir böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, voqea 12 may kuni Amir Temur köçasida yuz bergan.

Ma’lum qilinişiça, şahardagi 18-maktabning boşlanğiç sinfida öqiydigan ikki nafar 8 yoşli öquvçi piyodalar ötiş yölagidan ötayotgan vaqtda ularni oq rangli pikap urib yuborgan. Jabrlangan bolalar şoşilinç tez yordam orqali şahar markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimiga olib ketilgan. Öquvçilardan biri vafot etgani, yana biri esa koma holatida ekani aytilmoqda.

Manbalarga köra, hodisa sodir etgan avtomobil Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga (OKMK) tegişli xizmat avtomobili bölgan.

Toşkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga holat yuzasidan Olmaliq şahar IIB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Jizzaxda va Andijonda piyodalar yölagidan ötayotgan bolalar transport vositalari urib yuborişi oqibatida vafot etgan edi.