Jamiyat | 12:07 / 13.07.2018
23872
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon chorrahalarida 1 oyda jami qancha qoidabuzarlik qayd etilgani aytildi

“Xavfsiz shahar” dasturi bo‘yicha joriy yilning 1 iyunidan boshlab Andijon shahridagi 7 ta chorrahada jami 98 ta kuzatuv kamerasi ishga tushirildi. E'tiborlisi mazkur kuzatuv kameralarining 53 tasi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun bo‘lsa, yana 45 tasi videokuzatuvni amalga oshiradi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati

Qayd etilayotgan holatlar Andijon viloyati IIB navbatchilik qismida tashkil etilgan boshqaruv tizimiga foto va video tasvir hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi yuzasidan “Online” ravishda shisha tolali kabel orqali yetkazib berilmoqda.

Joriy yilning 1 iyunidan 1 iyuligacha o‘tgan davr mobaynida kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi yordamida aniqlangan holatlar jami 27 076 tani tashkil etdi. Belgilangan barcha jarimalar soni 25824 tani, ular uchun belgilangan jarimalar miqdori esa 7710668080 so‘mni tashkil etdi. O‘tgan 1 oylik natijalarga ko‘ra, 1179 jarimaga tortilgan fuqaro aniqlanib, ulardan jami 307706760 so‘m miqdorida pullar undirildi.

Mavzuga oid