«Tashkent City» XIM: Yashillik va zamonaviylik uyg‘unligi
«Biz uchun oddiy fuqarolardan ko‘plab maktub, taklif va g‘oyalarni olish juda qiziqdir! Tajribada bunday holatlar juda kam kuzatiladi, O‘zbekistonda esa bu oddiy holat ekan», - deydi «Tashkent City» XIM loyihasi ustida ishlayotgan chet ellik mutaxassislardan biri.
Fuqarolar atrofda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emaslar: biz xavotir olmoqdamiz, ishtirok etmoqdamiz hamda atrofni yaxshilashga harakat qilmoqdamiz... Sababi biz shahrimizni sevamiz va uni o‘z qo‘limiz bilan yaratmoqdamiz.
«Tashkent City» XIM proyekti boshlanishi bilan odamlar turli-xil maktublarni jo‘nata boshlashdi. Maktublar uy va mulk haqida emas, balki 80 gektar hududda o‘sayotgan daraxtlar haqida edi. Direktsiyadan daraxtlarni saqlab qolishni so‘rashdi, ularni kesmaslik va yo‘q qilmaslikni iltimos qilishdi. Sababi bular o‘tmishdan qolib ketgan bir xotira va tarixdir. Ko‘plab daraxtlar bu yerda o‘nlab yillardan beri yashamoqda, shuning uchun ham loyihani amalga oshirish jarayonida ularni saqlab qolish uchun harakat qilinmoqda.
Hududda bog‘ qurilishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilayotganda, joylarda topografik o‘rganishlar tashkil etildi. Barcha detallarga alohida e'tibor berildi. Barcha daraxtlarning joylashgan hududi hamda muhandislik hisob-kitoblar amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda 18 gektar hududda joylashgan barcha daraxtlar raqamlandi va ularning soni jami 300taga yetdi.
Ish jarayoniga maxsus mutaxassis dendrolog jalb etildi va u barcha daraxtlarni o‘rganib chiqdi. O‘rganishlar jarayonida shunisi ma'lum bo‘ldiki, ba'zi-bir daraxtlar turli-xil kasalliklarga duchor bo‘lib, ularda hasharotlar ham mavjud ekan. Boz ustiga ba'zi daraxtlarni bu yerda saqlab bo‘lmaydi, sababi mevali daraxtlarni jamoat bog‘larida o‘stirish xalqaro standartlarga ko‘ra maqsadga muvofiq emas.
Saqlanib qolinishi mumkin bo‘lgan daraxtlar joyida qoladi, boshqalari esa ko‘chiriladi. Buning uchun barcha imkoniyat va texnikalar mavjud. Ushbu texnika daraxtni ildizi bilan olib, unga hech qanday shikast yetkazmagan xolda boshqa joyga ko‘chirib ekish imkoniyatini beradi. Ammo bu ish ham oson emas. Sababi daraxtlarni ham xohlagan vaqtda ko‘chirib bo‘lmaydi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, bog‘ loyihalashtirish jarayonidadir, shuning uchun ham landshaftga va tabiatga alohida e'tibor berilmoqda.
Biz esa «Tashkent City» XIMni bezatish uchun atrof-muhitni saqlab qolamiz va u haqida qayg‘uramiz.
Mavzuga oid
07:53 / 16.10.2021
Tashkent City’dagi bog‘ xususiylashtiriladi
11:54 / 14.10.2021
Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi
12:45 / 18.08.2021
Tashkent City hududiga kirish pulli ekani konstitutsiyaviy tamoyillarga zid - XDP
16:42 / 13.07.2021