Davlat aktivlarini boşqariş agentligi «Tashkent city»dagi zamonaviy dam oliş va istirohat boğini kelgusida xususiylaştiriş va ekspluatatsiya qiliş yuzasidan «Master plan» işlab çiqiş uçun professional taşkilotlar jalb etilişi töğrisida e'lon joylaştirdi.
E'longa köra, 2020 yilda işga tuşirilgan, «Tashkent city» xalqaro işbilarmonlik markazi hududidagi 23,4679 ga umumiy yer maydoniga, 3 933 kv.m bino va inşootlar umumiy maydoniga ega zamonaviy dam oliş va istirohat boğini baholangan qiymatda oçiq tanlov savdolari orqali sotiş rejalaştirilgan.
Şuning uçun «Tashkent city» xalqaro işbilarmonlik markazi direksiyasi» DUK balansida saqlanayotgan obektni xususiylaştiriş va undan kelgusida foydalaniş böyiça «Master plan» işlab çiqişda professional taşkilot jalb etilişi belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xususiylaştiriş şartlari va şakllari böyiça professional taşkilotlarni tanlab oliş yuzasidan tanlov e'lon qildi.
«Master plan» obektni xususiylaştiriş va uni eksplutatsiya qiliş böyiça taklif etiladigan tartib va talablar qonunçilikka muvofiq bölişi, şuningdek obektning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda işlab çiqilişi lozim.
Professional taşkilot belgilangan şart asosida «Master plan»ni işlab çiqadi, u böyiça barça zaruriy xizmatlarni körsatadi. Takliflar 2021 yil 25 oktyabr soat 17:00 gaça qabul qilinişi belgilangan.
Avvalroq «Tashkent City» boği hududiga 2020 yil 17 dekabrdan boşlab pulli qilingan kiriş 14 oktabr kunidan boşlab yana bepul bölgani xabar qilingan edi. Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev esa «Tashkent City» boğini ekspluatatsiya qiliş xarajatlari oyiga 900 mln sömni taşkil etayotganini bildirgan edi.

















