Jamiyat | 10:20 / 17.07.2018
16023
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ART SILIKON DIZAYN - sifatli silikon va poliefir smola izlaganlar uchun

ART SILIKON DIZAYN kompaniyasi suyuq silikon yetkazib beradi va har qanday murakkablikdagi silikon qoliplarni tayyorlaydi. Kompaniyaning mohir ustalari mijoz istagan shaklda modellarni yasab berishadi, istagan modelning qolipini silikondan olib berishadi va silikon qoliplar olishga yordam berishadi.

Foto: ART SILIKON DIZAYN

Kompaniya 4 yildan beri shu sohada ishlab, katta tajriba to‘plagan va mijozlarga suyuq silikon, poliefir smola, epoksid smola, gelkout, steklomat, steklotkan, otverditel, uskoritel yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

YE JIE TECHNOLOGY CO.LTD kompaniyasi 20 yildan beri shu sohada faoliyat yuritadi va 138ta davlatga silikon eksport qiladi. Kompaniya silikonlari mum, gips, beton, metallar yoki past haroratda eriydigan metall qorishmalarni shakllantirish, shuningdek poliuretan, epoksid yoki poliefir smola materiallarga shakl berish uchun ishlatiladi.

Foto: ART SILIKON DIZAYN
Foto: ART SILIKON DIZAYN
Foto: ART SILIKON DIZAYN

Mutaxassislar bu materialni asos massasiga mutanosib ravishda qo‘shishni tavsiya qiladilar, chunki, katta proporsiyada qo‘shilsa, tayyor mahsulotning pishiqligini pasaytiradi, haroratbardoshligini pasaytiradi va kichrayib qolishiga olib keladi.

Bizning mutaxassislarimiz u yoki bu materialni ma'lum bir sharoitlar asosida ishlatilishi bo‘yicha maslahat berishga tayyor.

Silikon matritsalar tez va qiyinchiliksiz istalgan murakkablikdagi buyumlarni va konfiguratsiyalarni yasash imkonini beradi.

Silikon rezina poliuretan, poliefir smola, shtukaturka, mum, parafin, gips, beton, metallar yoki past haroratda eriydigan metall qorishmalarni shakllantirish, suyuq plastik va sovunga shakl berishda, shuningdek suvenir mahsulotlar, haykallar va boshqa buyumlarni tayyorlashda ishlatiladi.

Foto: ART SILIKON DIZAYN
Foto: ART SILIKON DIZAYN
Foto: ART SILIKON DIZAYN

Sanoatda undan turli suvenirlarni ishlab chiqarish, juda murakkab yuzalardan shakl va qolip olishda foydalaniladi.

Shakl beruvchi silikonning afzalliklari: 

- ishchi harorati diapazoni keng ekani -55S dan +150S gacha;
- tayyorlashda zaharli emasligi, shuningdek, yuqori haroratda zaharli moddalarni ajratib chiqarmasligi;
- ko‘pchilik materiallarga adgeziyaning sustligi;
- ishlatishning osonligi;
- qolipning juda aniqligi va kichrayib qolmasligi.

Silikon o‘z tarkibiga ko‘ra yumshoq ekanini hisobga oladigan bo‘lsak, buyumlarni quyish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shunchaki, silikon qolip tayyorlanadigan namunaga ega bo‘lish kifoya.

Shakllarni quyish uchun ishlatiladigan silikon zamonaviy modellashtirish, eksklyuziv va noyob buyumlarni ko‘paytirish texnologiyalarining asosiy komponenti hisoblanadi. 

Foto: ART SILIKON DIZAYN
Foto: ART SILIKON DIZAYN
Foto: ART SILIKON DIZAYN

Shakl beruvchi silikon kam mehnat va xarajat sarflagan holda, tez va sifatli natijani olish imkoniyatini beradi. Bunday kauchuklardan tayyorlangan press-qoliplar juda pishiq, yuqori haroratga bardoshli va modeldan ajratib olish oson bo‘ladi.

Asosiy afzalliklari:

- juda yaxshi oquvchan
- jism yuzasida pufakchalar hosil bo‘lmaydi
- mayda buyumlarni yuqori aniqlikda quyish imkoniyatini beradi.

ART SILIKON DIZAYN kompaniyasi mahsulotlari uchun to‘lovni har qanday uslubda amalga oshirish mumkin.

Telefon: +998 93 587 22 22

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid