Vazirlar Mahkamasi, Boş prokuratura va Adliya vazirligining obektlarni Fast-track usulida qurişga ruxsat beriş amaliyotini bekor qiliş töğrisidagi takliflari ma’qullanadi.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagi masalalarni tegişli qonun, kodeks va normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça hujjatlar loyihalarini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
- quriliş reglamentlari, milliy quriliş normalari hamda smeta-resurs normalarining huquqiy maqomini belgilaş;
- master-rejalarning huquqiy maqomi va unga rioya etmaslik uçun javobgarlikni belgilaş;
- obektlarning xavf-xatar toifasi böyiça murakkablik toifasi va seysmik xavfsizlik jihatdan toifasini uyğunlaştiriş (yagona toifani joriy etiş), şuningdek, uşbu toifalarni hukumat qarori bilan tasdiqlaş amaliyotini yölga qöyiş;
- kapital qurilişda tovarlar, işlar va xizmatlar xarid qiliş uçun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlaş faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlaridan çiqariş;
- bino-inşootlar va obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va loyihalaştiriş faoliyati böyiça beriladigan litsenziyalarning amal qiliş muddatlarini ularning xavflilik darajasidan kelib çiqqan holda belgilaş;
- litsenziya talablari va şartlarini buziş holatlari aniqlangan taqdirda, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining tegişli qarori bilan loyiha taşkilotlari litsenziyasining amal qilişini vaqtinça olti oy muddatgaça töxtatiş;
- yuridik şaxslarga (jumladan, ularning ta’sisçilari va rahbarlariga) arxitektura-şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş faoliyati böyiça berilgan litsenziyasi bekor qilingan taqdirda, bir yil muddatgaça litsenziya olişni taqiqlaş talabini belgilaş;
- arxitektura-şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş faoliyatini litsenziyalaş talablari va şartlariga yuridik şaxsning ştatida yoki örindoşlik asosida işlaydigan mutaxassislariga talablarni aniq belgilaş, bunda:
- mutaxassislar kompetensiyasini tasdiqlovçi sertifikatlar mavjudligi;
- ularning şu kunga qadar amalga oşirilgan işlari (portfolio);
- talabgor taşkilotda işlaydigan mutaxassislarning darajasini söralayotgan litsenziya toifasiga boğlaş kabi mezonlar inobatga olinişi lozim;
- loyihaçining mualliflik nazorati samaradorligini oşiriş. Bunda, mualliflik nazorati muhandisini aniq belgilaş hamda nazoratni amalga oşiriş şartnomasini alohida tuzilişini ta’minlaş lozim.

















