Iqtisodiyot | 18:30 / 17.07.2018
18471
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda avtomobil ishlab chiqarish sur'ati oshmoqda

Foto: The Astana Times

Qozog‘istonda birinchi yarim yillikda avtomobil ishlab chiqarilishi ikki baravarga oshdi, deya xabar berdi Automotive Business Association (Aqaba)ning matbuot xizmati.

Ma'lumot qilinishicha, 2018 yilning 6 oyida mamlakatda barcha turdagi jami 14 ming 660 dona transport vositasi ishlab chiqarilgan. Shundan 13 ming 725 donasi yengil avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning iyun oyida ishlab chiqarilgan avtoulovlarning umumiy summasi 16.74 mln tengega (may oyiga nisbatan 10.4 foizga kam) baholandi. Umuman, bu yilgi ko‘rsatkich 36.8 foizga oshgan (2018 yilda 88.6 mln., 2017 yilda esa 64.50 mln. tenge).

«Saryarkaavtoprom» LLP avtomobil zavodi o‘tgan yilgiga qaraganda 123 foiz o‘sish qayd etilgan. Zavodda yarim yillikda 5297 dona avtomobil, yuk mashinasi hamda avtobus ishlab chiqarildi.

Ust-Kamenogorskdagi «Asia Auto» zavodida 8573 dona avtomobil yig‘ildi. Kokshetauda joylashgan «KAMAZ Engineering» JSC 280 dona yuk mashinasi, Hyundai Trans Auto LLP (Olmaota) 94 dona avtobus va yuk mashinasi, Semipalatinsk avomobil yig‘ish zavodi (SemAZ) va Daewoo Bus Kazakhstan LLP zavodlari 89 va 67 donadan transport vositasini ishlab chiqarishgan.

Mavzuga oid