Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tarmoq raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yig‘ilishda qayd qilinishicha, ayni paytda O‘zbekistonda “Chevrolet”, “BYD”, “KIA” va “Hyundai” kabi yirik brendlar bilan hamkorlikda 5 ta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda “Volkswagen”, “Foton” va “JAC” zavodlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Soha atrofida yangi kooperatsiya zanjirlari shakllanib, 10 mingdan ortiq yoshlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlamoqda. 300 dan ziyod korxona “Chevrolet”, 40 ga yaqin korxona “KIA” va “BYD” uchun butlovchi qismlar yetkazib bermoqda.
Taqdimotda avtomobilsozlikda ishlab chiqarish hajmini va band bo‘lganlar sonini 1 milliontaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimotda “Volkswagen” avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi haqida axborot berildi. Rejaga ko‘ra, birinchi bosqichda Toshkent shahrida yirik uzelli ishlab chiqarishni boshlash ko‘zda tutilgan. Keyingi bosqichda Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida to‘liq siklda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport bozorlariga chiqish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Volkswagen — nemis avtomobil giganti, dunyodagi eng yirik konsernlardan biri. 1937 yilda tashkil etilgan. Volkswagen, Audi, Porsche, Skoda, Seat, Bentley, Lamborghini va boshqa brendlar ostida avtomobillar ishlab chiqaradi.
Bugungi global vaziyat avtomobilsozlik sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shu bois, texnologik mustaqillikni ta’minlash, innovatsiyalarni joriy etish va eksport hamda logistika cheklovlariga kamroq bog‘liq bo‘lgan raqobatbardosh milliy mahsulotlar yaratish vaqti kelgani ta’kidlandi. Shu maqsadda “O‘zavtosanoat” AJ tizimida Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati rivojlantirilishi belgilandi.

2026 yil yakuniga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Avtomobil ehtiyot qismlar bozorini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Prezident avtomobilsozlik sanoati mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri ekanini ta’kidlab, sohada raqobatni kuchaytirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, milliy muhandislik maktabini rivojlantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026