OTMlar bakalavriatiga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilib bo‘lindi: ko‘rsatkichlar qanday?
15 iyul kuni oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish ishlari yakunlangan edi.
Respublika bo‘yicha jami 60ta oliy ta'lim muassasasi va ularning 19ta filiallariga 675 ming 49 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi (2017 yilda – 729 ming 947 nafar). O‘tgan yilga nisbatan 54 ming 898 ta yoki 7,5 foiz kam hujjat topshirilgan.
Tanlov ko‘rsatkichi – o‘rtacha bir o‘ringa 8,3tani tashkil etdi (2017 yilda – 10,9 ta).
Eng ko‘p hujjatlar quyidagi oliy ta'lim muassasalariga topshirilgan:
1. Qarshi davlat universiteti – 30.937 nafar (2017 yil 29.529 nafar);
2. Samarqand davlat universiteti – 28.733 nafar (2017 yil 24.515 nafar);
3. Farg‘ona davlat universiteti – 27.726 nafar (2017 yil 26.618 nafar);
Eng katta konkurslar: Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 23,2ta;
Andijon mashinasozlik instituti – 1 o‘ringa 18,3ta;
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali – 1 o‘ringa 17,6ta;
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – 1 o‘ringa 16,6ta;
Andijon tibbiyot instituti – 1 o‘ringa 15,8tani tashkil etdi.
Shuningdek, abituriyentlardan eng ko‘p hujjat quyidagi ta'lim yo‘nalishlarida qabul qilindi:
Toshkent davlat yuridik universitetining yurisprudensiya ta'lim yo‘nalishi o‘zbek guruhiga – 5.603ta (2017 yilda – 5.178 nafar);
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialining davolash ishi ta'lim yo‘nalishiga – 4.968ta (2017 yilda qabul bo‘lmagan);
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta'lim yo‘nalishiga – 3.788ta (2017 yilda – 6.418 nafar).
Nisbatan kam hujjatlar quyidagi oliy ta'lim muassasalariga topshirilgan:
1. Toshkent davlat agrar universiteti – 7.492 nafar (2017 yilda 13.734 nafar);
2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 643 nafar (2017 yilda 1.427 nafar);
3. Termiz davlat universiteti – 27.647 nafar (2017 yil 36.546 nafar);
Test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta'lim yo‘nalishlariga abituriyentlardan 54.976ta ariza qabul qilindi.
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
08:09 / 16.11.2020
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi
00:18 / 16.11.2020
Talabalar - poytaxtning asl uysizlari
17:02 / 14.11.2020