Toşkentdagi asl uysizlar kimligini bilasizmi? Minglab talabalar! Talabalarga vaqtinça yaşaşlari uçun odatda uy yetişmaydi. Uy bozoriga borsangiz, quyidagi yozilgan sözlarga közingiz tuşadi:

«Studenty, privet. Kvartira net».

«Studentga uy berilmaydi».

«Studentam ne sdayu»

Va hokazo...

Sönggi yillarda köplab uylar qurilmoqda, biroq yil sayin soni keskin ösayotgan, tolibi ilm hisoblangan, vatanimiz kelajagi bölgan talabalar uçun davlat tomonidan ham, xususiy sektor tomonidan ham yotoqxonalar barpo qilinmayapti.

Talabalarning ayniqsa azim Toşkentdagi oşib borayotgan soni mavjud uy zaxirasi soniga mutlaqo nomuvofiq. Uzoq viloyatlardan bu yerga kelgan talabalar buning oğir şakldagi badalini tölaşmoqda — arzon va öqişiga yaqin bölgan joydan uy izlaş yoki u uydan bu uyga köçiş bilan vaqtlarini ötkazişmoqda.

Ijara narxi baland

Uy bozori turli sabablarga köra talabalarni kamsitadi — uy egalari talabadan köra oilali va işli ijaraçilarni afzal bilişadi. Pandemiya tufayli masofali ta'limga ötilgani bois uylar böşagani rost, biroq bu vaqtinça — pandemiya tugagaç, yana eski holatga qaytiladi.

Toşkentda talabalar turar joy muammosi quyidagi omillar sabab jiddiy tus olmoqda:

Oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari 2016 yildan buyon şu kungaça deyarli ikki barobar oşdi;

  • poytaxtda yangi universitetlar oçildi, oçilmoqda;
  • respublikadagi OTMlarning yarmidan köpi Toşkentda joylaşgan;
  • yangi taşkil etilayotgan nodavlat OTMlar faqatgina öquv binosigagina ega bölib, yotoqxonalarga ega emas;
  • mavjud OTMlar öz talabalarining deyarli 10 foizini ham yotoqxona bilan ta'minlaş quvvatiga ega emas.

Mavjud va oçilayotgan OTMlarning qançasi öz talabalarini yotoqxona bilan ta'minlayapti?

Köpçilik universitetlar şahar markazida joylaşgani uçun ularning atrofidagi uylar ham, tabiiyki, qimmat. Ğarbda esa, masalan, asosiy kampuslar şaharlar çetida böladi, toki, talabaning fikri çalğimasin, yotoqxona quriş oson bölsin yoki arzon uy topiş osonlaşsin.