23:01 / 18.07.2018
7112

Superliga. «Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda 2ta gol urib, irodali g‘alabaga erishdi

Foto: Qizilqum FK Matbuoi xizmati

Superligada 17-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Paxtakor» Navoiyda «Qizilqum» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

75-daqiqada Ivan Nagayev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo «Qizilqum» bu o‘yinda nafaqat g‘alaba, balki durangni ham ushlab qololmadi. 90-daqiqada Jasur Yaxshiboyev darvozabon bilan birga-bir chiqib, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, so‘nggi soniyalarda Bezerra gol urib, toshkentliklarga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 39 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Qizilqum» 17 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 17-tur
18 iyul, Navoiy
Qizilqum (Navoiy) - Paxtakor (Toshkent) - 1:2
Gollar: Ivan Nagayev (75) - Jasur Yaxshiboyev (90), Tiago Bezerra (90+4)

Qizilqum: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Doniyor Usmonov (Alisher Sanoyev, 83), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov, Ivan Nagayev (Nemanya Yovanovich, 78), Salim Mustafoyev (Akmal Rustamov, 63)
Paxtakor: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmeov, Sherzod A'zamov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Jamshid Iskanderov, 79), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh, Vladimir Kozak, Marko Simich, Dragan Cheran (Igor Sergeyev, 69), Tiago Bezerra
Ogohlantirishlar: Erkin Boydullayev 37, Dilshod Rahmatullayev 67, Marko Simich 90

Top