Qozog‘istonda 100 tonnalik toshlar ostida qolib ketgan ekskavatorchi tirik qoldi
Qozog‘istonda ekskavatorchi ustiga o‘nlab tonna tog‘ jinsi tushganiga qaramay u tirik qoldi.
Voqea 21 iyul ertalab Vasilkov tog‘-boyitish kombinati karerida yuz bergan. Toshlar 25 yoshli ekskavatorchi ishlayotgan vaqtda uning ekskavatori ustiga tushib ketgan.
Ma'lum qilinishicha, ekskavatorchini toshlar ostidan chiqarib olish bo‘yicha qutqaruv operatsiyasi toshlar katta va og‘ir bo‘lgani sababli 12 soatdan ko‘proq davom etgan. Toshlarni troslar yordamida tortishga to‘g‘ri kelgan. “Murakkablik shunda ediki, 500 tonnalik qoya massasidan 100 tonnalik bo‘lagi ajralib ketgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Mutaxassislarning aytishicha, mashina ustiga 80 tonna tosh tushgan. Ekskavatorchi o‘z hushida bo‘lgan, biroq oyog‘i qisilib qolgan.
“Dastlab yon tomon va pastdan qazib bormoqchi bo‘ldik, biroq unga og‘riqli bo‘ldi. Uni chiqarib olish uchun hattoki skipidar bilan moyladik. Natijada avval birinchi oyog‘ini, keyin ikkinchi oyog‘ini chiqarib oldik”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Ekskavatorchi shifoxonaga jo‘natilgan, uning ahvoli qandayligi ma'lum qilinmagan. Ta'kidlanishicha, qutqaruv operatsiyasida 60dan ko‘proq odam ishtirok etgan.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024