Markaziy bank tomonidan ötkazilgan sörovda qatnaşganlarning aksariyati şaxsiy jamğarmalarni bank hisoblarida saqlaş yaxşiroq, deb hisoblaydi. Bu haqda Markaziy bankning «Özbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari» hisobotida aytiladi.
Yanvar-iyun oylarida ötkazilgan sörovda 750ta jismoniy va 300ta yuridik şaxs qatnaşdi.
Natijalarga köra, respondentlarning deyarli uçdan bir qismi jamğarmalarni bankdagi hisobda sömda saqlaş yaxşi, deb javob berişdi. Eng kam respondentlar (taxminan 9%) bankda çet el valyutasida saqlaş imkoniyatini tanladi. Taxminan 18% fikriga köra, jamğarmalarni qisman bankda, qisman naqd pulda saqlaş yaxşi.
Joriy tadqiqot yilning dastlabki uç oyida amalga oşirilgan işlarning davomi böldi. Öşandan beri respondentlarning fikri köp jihatdan özgarmadi, aholining sömga nisbatan munosabati haqida bunday deyiş mumkin emas.
Misol uçun, mart oyida respondentlarning faqat 16 foizi pulni naqd sömda saqlaş yaxşiroq degan bölsa, iyun oyida bunday miqdori 24 foizni taşkil etdi.
Şunga köra, mart oyida respondentlarning 24 foizi pulni naqd xorijiy valyutada saqlaş yaxşi deb hisoblagan bölsa, iyun oyida ular faqat 16 foizni taşkil etgan.
Şunday qilib, özbekistonliklar pullarni dollarda emas, balki sömda saqlaşni afzal körmoqda. Markaziy bankning qayd etişiça, bu aholi orasida sömning jozibadorligini oşiriş böyiça olib borilayotgan sa'y-harakatlarga ta'sir körsatmoqda - yil boşidan beri milliy valyuta faol sur'atlarda mustahkamlanib, hatto MDH davlatlari orasida yetakçilikka erişdi.
Avvalroq, dollar kursi sentabr oxirida qança bölişi taxmin qilingandi.












