Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
Qirg‘izistonning ommabop "Slovo Kyrgyzstana" gazetasida "O‘zbekiston – TDT: birgalikda rivojlanish uchun yangi impulslar" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo".
5-6 noyabr kunlari Bishkekda so‘nggi yillarda turkiy davlatlarning jahon miqyosidagi mavqeyini yuksaltirish va mustahkamlashning samarali platformasiga aylangan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi to‘qqizinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Nashrda ta’kidlanishicha, bugungi kunda tashkilot doirasida iqtisodiy integratsiya, "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" kabi yangi transport yo‘laklarini tashkil etish, boshqa tashabbuslar bilan bir qatorda Digital TIR, e-İzin loyihalarini amalga oshirish va e-CMR tizimini joriy qilish orqali transport jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan qo‘shma choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, kun tartibidan Turkiy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini jadallashtirish, Xizmatlar va investitsiyalar sohasida erkin savdo bitimini, Raqamli iqtisodiyotda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ilgari surish hamda a’zo-mamlakatlar Markaziy banklari kengashini tashkil etish masalalari ham o‘rin olgan.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston TDTga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda va bu jarayonning dinamikasi aloqalarni kengaytirish uchun kuchli qo‘shimcha turtki yaratmoqda.
"Keling, bir nechta raqamlarni keltiraylik. So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. 2023 yilda tovar ayirboshlash hajmi 3,1 milliard dollarni, joriy yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 2 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan yili 1,2 milliard dollarlik turk investitsiyalari o‘zlashtirildi", – deb yozadi muallif.
O‘zbekistonda turk kapitali ishtirokida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo, transport va logistika, qurilish, mebel sanoati, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan 1854 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida 50 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar va "Yo‘l xaritalari" imzolandi.
Maqolada, shuningdek, O‘zbekistoning TDTga a’zo boshqa mamlakatlar bilan ham hamkorligiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Mavzuga oid
14:30 / 06.06.2026
Mobil telefon raqami orqali tezkor pul o‘tkazish tizimi ishga tushadi. U qanday ishlaydi?
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026