09:00 / 24.07.2018
11776
Reklama

Travertin suvoq va alyukobond panellar bilan inshootingizga ko‘rkamlik bag‘ishlang!

Bino va inshootlar bir qarashda jozibali, o‘ziga tortadigan bo‘lishi ko‘p jihatdan uning tashqi ko‘rinishiga bog‘liq. Agar mukammal konstruksiyalar yordamida eng mustahkam bino qurilgan bo‘lsa-yu, uning fasadi ana shu sifatni o‘zida aks ettirib turmasa, barchasi bekor.

Inshootning me'moriy qiyofasi unga tashrif buyurayotgan kishining kayfiyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatishini hisobga olsak, sevimli oilangiz yashaydigan xonadonni qurishda bu jihatga alohida e'tibor qaratish qanchalik muhimligi oydinlashadi.

Foto: Bobur Building Group

Dunyoning eng ilg‘or arxitektorlari esa binoning fasadini biznesning tashrif qog‘oziga qiyoslashadi va bu jihatga o‘ta mas'uliyat bilan yondashishadi. Bu bejizga emas. Ba'zida fasad ishlarining sifatli qilinmagani, ta'mirlashda ishlatilgan qurilish materiallari noto‘g‘ri tanlangani oqibatida oradan ko‘p vaqt o‘tmay fasadning ayrim qismlarida kamchiliklar paydo bo‘lishi buyurtmachining ta'bini xira qiladi.

Shunday ekan, bu borada o‘z ishining haqiqiy ustasi bilan hamkorlik qilgan ma'qul. Xususan,

“Bobur Building Group” kompaniyasi travertin suvoqlar va alyukobond panellar montaji bilan ko‘plab xususiy xonadonlar hamda ofislar fasadini mukammal va bejirim ko‘rinishga keltirish borasida katta tajribaga ega. Kompaniya Toshkent shahri va butun O‘zbekiston bo‘ylab aynan shu materiallar bilan fasadlarni montaj qilish xizmatlarini taklif etadi.

Foto: Bobur Building Group

Juda tez o‘zgarayotgan zamonda binolarning fasadi uchun ma'lum muddatdan so‘ng «eskirib» qolmaydigan, uzoq muddat trendda turuvchi me'moriy yechimni topish muhim hisoblanadi. Bu borada travertin suvoqlari va alyukobond panellari shu kabi boshqa qurilish mahsulotlaridan bir pog‘ona ustundir.

Travertin suvoqlari va alyukobond panellari ko‘plab ustunliklarga ega, biroq bunday montaj ishlari – oson jarayon emas. Maxsus texnika va qoidalarga amal qilinmasa, siz istamagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli o‘rnatish va montaj xizmatlarini o‘z ishining ustalariga, ya'ni “Bobur Building Group” kompaniyasining professional xodimlariga topshiring. Kompaniya mutaxassislari har bir binoga individual yondashib, uning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlashadi.

Foto: Bobur Building Group

Shoshma-shosharlik bilan ishni qo‘l uchida bajarib topshiradigan “uddaburonlar”dan ehtiyot bo‘ling!

Murojaat uchun telefonlar:

+99894 627 99 99

+99890 114 44 66

Instagram: instagram.com/bbg.uz

Telegram: t.me/bbguz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top