Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamdagi suv toshqinlari oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Vetnamda «Sin Tin» nomli tropik to‘fon oqibatida suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz bermoqda.
Hukumatning favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qilishicha, tabiiy ofat oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi bedarak yo‘qolgan.
O‘tgan yili Vetnamda shu kabi tabiiy ofatlar oqibatida jami 389 kishi vafot etgandi. «Sin Tin«» o‘tgan hafta Vetnam shimolida bir qator suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Poytaxt Hanoy shahri atrofidagi ba'zi hududlar suv ostida qolib ketgan. Yen Bay tog‘li provinsiyasi tabiat injiqligidan aziyat chekyapti. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hisobotida aytilishicha, bu hududda 13 kishi vafot etgan.
Tabiiy ofat 12 mingga yaqin aholi turar joylarini vayron qilgan, 90 ming gektar yerdagi hosil nobud bo‘lgan.
Gidrometeorologiya milliy markazi prognoziga ko‘ra, mamlakat shimoliy qismida surunkali yomg‘ir avgust oyigacha davom etadi.
Mavzuga oid
18:24 / 23.11.2025
Vetnamda suv toshqinlari oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
23:24 / 01.04.2025
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
18:27 / 14.02.2025