Toshkentda “Oltin belbog‘” kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi
24 iyul kuni Toshkent shahrida joylashgan “O‘zbekiston” sport majmuasida “Oltin belbog‘” Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa Xalqaro kurash federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahri hokimligi va boshqa tashkilotlar ko‘magida o‘tkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur turnirda 10 mamlakatdan, jumladan, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Tatariston kabi davlatlardan tashrif buyurgan turli vazn toifasiga ega yigit-qizlar qatnashishdi. Tantanali marosimni Xalqaro kurash federatsiyasi raisi Rustambek Isoqov va Xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi prezidenti Gintautas Vileyta ochib berishdi. Marosim shou biznes vakillari va cholg‘u ansambli chiqishi bilan davom ettirildi.
Musobaqa g‘oliblariga medallar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.