Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya Avstraliyadan bayrog‘ini o‘zgartirishni talab qildi
Yangi Zelandiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Uinston Peters Avstraliyadan bayrog‘ini o‘zgartirishni va unga yangi dizayn o‘ylab topishni talab qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Peters Avstraliyani Yangi Zelandiya bayrog‘ini “nusxalash”da ayblagan. O‘zining keskin fikrlari bilan ajralib turuvchi Peters Avstraliyadan bayrog‘i Yangi Zelandiyanikiga juda o‘xshashligi sababli uni o‘zgartirishni talab qilmoqda.
“Bizda uzoq yillardan beri Avstraliya tomonidan nusxa ko‘chirilgan bayroq mavjud va ular o‘z bayroqlarini biz bunday dizaynni birinchi o‘ylab topganimiz sababli o‘zgartirishlari lozim”, deb aytgan Peters.
Siyosatchining fikricha, bayroq dizayni o‘zgartirilishi Yangi Zelandiya bayrog‘ining o‘ziga xosligini tiklashga yordam beradi.
Yangi Zelandiya bayrog‘i Avstraliyanikidan 50 yilga kattaroq bo‘lib, 1902 yilda, Avstraliya bayrog‘i esa 1954 yilda qabul qilingan.
Tinch okeanidagi ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlarga Yangi Zelandiyaning sobiq bosh vaziri Xasinda Ardernning ketishidan keyin sovuqchilik tushgan.
Mutaxassislarning fikricha, ikki davlat o‘rtasida ortib borayotgan keskinlik ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan mustahkam munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026