O‘zbekiston | 16:27 / 26.07.2018
19873
2 daqiqa o‘qiladi

E-ijro auksion’da “nol” xarid qiymati bo‘yicha ilk bor davlat mulki obektlarini sotib olish imkoni yaratildi

Majburiy ijro byurosi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga onlayn-elektron tanlov savdolarida ilk bor davlat mulki obektlarini investitsiya kiritish hamda yangi ishchi o‘rinlar tashkil etish sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘ycha sotib olish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyundagi “Davlat mulki obektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 454-sonli qaroriga asosan davlat mulki obektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulki obektlariga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va shaffofligini ta'minlash maqsadida davlat mulki obektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilgan edi.

Endi tadbirkorlikni boshlamoqchi va kengaytirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun ochiq, shaffof va qulay bo‘lgan onlayn-elektron tizim davlat mulk obektlarini ortiqcha sarsongarchiliksiz sotib olish imkoniyati yaratildi.

Hozirda quyidagi obektlar tanlov asosida sotuvga qo‘yilgan.

 

Mavzuga oid