Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
|23:00 / 25.05.20265 24122 min
Toşkentda renovatsiya va kompleks quriliş jarayonlari kun tartibidagi muhim mavzulardan biriga aylandi. Eski uy-joy fondini yangilaş, eskirgan infratuzilmani zamonaviy şaharsozlik talablari asosida qayta rejalaştiriş va aholi uçun qulay yaşaş muhitini yaratiş bu jarayonning asosiy maqsadlari sifatida körsatilmoqda.
Biroq har qanday renovatsiya loyihasida eng nozik masala odamlarning uy-joyi, mulk huquqi, kompensatsiya miqdori va köçiriş şartlari bilan boğliq böladi. Fuqarolarni, tabiiyki, “uyim qanday baholanadi?”, “menga qayerdan uy beriladi?”, “pul olamanmi yoki tayyor uy?”, “rozi bölmasam nima böladi?” kabi savollar qiziqtiradi.
Özbekiston qonunçiligida jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga olib qöyiş tartibi alohida qonun bilan tartibga solingan. Xususan, ÖRQ-781-son qonunda bunday jarayonlarda kompensatsiya, oçiq muhokama va huquqiy tartib-taomillar masalalari belgilangan. 2026 yil 24 fevraldagi PQ-73-son qarorda esa köp kvartirali turar joy majmualarini qurişda kompleks quriliş mexanizmlari va şaffoflik masalalari nazarda tutilgan.
Quyida renovatsiya jarayonida mulkdorlar tomonidan berilayotgan ba’zi savollar va ularga batafsil javoblar jamlandi. Batafsil javoblarni öqing.
Buzilgan uyning yon-veridan emas, şahar markazidan qimmatroq xonadon sörasa böladimi?
Bunday talab insoniy jihatdan tuşunarli. Çunki uyidan köçayotgan fuqaro öz yaşaş şaroiti yomonlaşmasligini, aksinça, imkon qadar qulayroq joyga köçirilişini xohlaydi. Ayniqsa, oila yillar davomida bir hududda yaşagan, iş joyi, maktab, boğça, poliklinika yoki qarindoşlari şu atrofda bölsa, yangi uy joylaşuvi muhim masalaga aylanadi.
Biroq kompensatsiya mexanizmi “istalgan eng qimmat hududdan uy tanlaş” huquqi sifatida emas, mavjud mulkning qonuniy qiymati va köçiriş oqibatlarini adolatli qoplaş vositasi sifatida köriladi. Ya’ni asosiy mezon — eski uyning joylaşuvi, maydoni, texnik holati, huquqiy maqomi va bozor qiymatidir.
Amaliy yondaşuv şunday bölişi kerak: avvalo eski uy mustaqil baholovçi tomonidan baholanadi. Şundan söng mulkdorga teng yoki maqbul alternativ uy, yangi qurilayotgan uydan xonadon yoki pul kompensatsiyasi kabi variantlar taklif qilinadi.
Agar şahar markazidagi uy baholangan kompensatsiya miqdoridan ança qimmat bölsa, bu farqni loyiha taşkilotçisi avtomatik tarzda qoplaşi şart degani emas. Bunday holatda tomonlar qöşimça tölov, muddatli tölov, boşqa hududdagi teng qiymatli uy yoki boşqa maqbul variantlarni muhokama qilişi mumkin.
Mavzuga oid
Bitta uy örniga ikkita xonadon talab qiliş mumkinmi?
Bitta uy örniga ikkita uy beriş talabi har doim ham avtomatik tarzda qanoatlantirilmaydi. Kompensatsiya, odatda, obektlar soniga emas, mulkning huquqiy maqomi, maydoni, qiymati, mulkdorlar uluşi va baholaş natijasiga boğliq böladi.
Masalan, bitta kadastr obektida bir neçta uluşdor bölişi mumkin. Bunday holatda har bir mulkdorning uluşi aniqlanadi va kompensatsiya şu uluşlar asosida taqsimlanadi. Agar umumiy kompensatsiya qiymati ikki alohida xonadonga mos kelsa yoki mulkdorlar öz uluşlarini alohida uy körinişida olişni xohlasa, bu masala loyiha imkoniyati, uy fondi mavjudligi va qiymat balansiga qarab körib çiqiladi.
Lekin bitta obekt uçun ikki uy beriş baholangan kompensatsiya hajmidan ança ortiq bölsa, bu majburiy talab emas, balki qöşimça imtiyoz sifatida baholanişi mumkin. Bunday talab barça mulkdorlar örtasidagi tenglik prinsipiga ham ta’sir qilişi mumkin.
45 kvadrat metrli uy örniga 100 kvadrat metrli xonadon sörasa böladimi?
45 kv.m uy örniga 100 kv.m uy beriş talabi kompensatsiya prinsipiga mos kelişi uçun alohida iqtisodiy asosga ega bölişi kerak. Renovatsiyada asosiy maqsad mulkdorning qonuniy mulkiy manfaatini qoplaş. Bu esa mavjud mulk hajmidan ikki barobar katta maydonni avtomatik beriş degani emas.
Agar yangi qurilayotgan uylarning rejasida aynan 45 kv.m xonadon bölmasa, odatda unga yaqin maydonli yoki qiymat böyiça ekvivalent xonadon taklif qilinadi. Masalan, 45 kv.m örniga 48 yoki 52 kv.m variant taklif etilişi mumkin. Bunday holatda farq qanday hisoblanişi yozma kelişuvda aniq körsatilişi kerak.
100 kv.m xonadon esa uç holatda muhokama qilinişi mumkin: birinçidan, eski uy va yerning baholangan qiymati bunga yetarli bölsa; ikkinçidan, mulkdor maydon farqini özi qoplaşga tayyor bölsa; uçinçidan, loyiha doirasida ijtimoiy himoya, köp bolali oila yoki boşqa alohida asoslar nazarda tutilgan bölsa.
Aks holda bunday talab boşqa mulkdorlar oldida tenglik prinsipini buzişi va loyihaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir qilişi mumkin.
Uy buzilsa, mulkdorga qanday kompensatsiya beriladi?
Kompensatsiya şakli hammaga bitta yagona formula bilan belgilanmaydi. Çunki har bir uy-joyning maydoni, joylaşuvi, kadastr holati, huquqiy maqomi, texnik holati, mulkdorlar soni va bozor qiymati farq qiladi.
Asosiy prinsip şundan iborat: mulkdor qonuniy mulkidan ayrilayotgan bölsa, unga yetkaziladigan zarar adolatli qoplanişi kerak. Bu jarayonda mulkdor eski uyidan çiqib ketib, öziga noma’lum va noaniq şaroitda qolib ketmasligi muhim.
1. Amaliy kompensatsiya paketi quyidagi elementlardan birini yoki bir neçtasini qamrab olişi mumkin:
2. bozor qiymati asosida pul kompensatsiyasi;
3. boşqa tayyor uy yoki yangi quriladigan uydan xonadon;
6. maydon yoki qiymat farqi bölsa, tomonlar kelişgan hisob-kitob mexanizmi;
7. zarur hollarda hujjatlarni rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlar.
Eng muhim jihat kompensatsiya şartlari oğzaki va’da sifatida emas, yozma kelişuvda aniq körsatilişi kerak. Unda uy manzili, maydoni, topşiriş muddati, tölov tartibi, ijara puli, qöşimça xarajatlar va tomonlarning majburiyatlari qayd etilişi lozim.
Mulkdorga pul beriladimi yoki tayyor xonadon taklif qilinadimi?
Pul kompensatsiyasi ham, tayyor uy yoki yangi qurilayotgan uydan xonadon beriş ham prinsipial jihatdan mumkin bölgan variantlar hisoblanadi. Qaysi yöl tanlanişi mulkdorning xohişi, loyiha imkoniyati, baholaş natijasi va tomonlar örtasidagi kelişuvga boğliq.
Pul kompensatsiyasi mulkdorga mustaqil tanlov imkonini beradi. Fuqaro özi istagan hududdan uy izlaydi, narxni soliştiradi va mustaqil qaror qabul qiladi. Biroq bu variantda uy narxlari oşib ketişi, mos uy topiş qiyinligi, rasmiylaştiriş xarajatlari va vaqt omili kabi risklar mavjud.
Uy bilan kompensatsiya esa yaşaş masalasini aniqroq hal qiladi. Mulkdor yangi yoki tayyor xonadon oladi. Lekin bu variant ham uy fondi, joylaşuv, qavat, maydon, topşiriş muddati va texnik parametrlar bilan çeklanadi.
Eng yaxşi amaliyot mulkdorga mavjud variantlarning barçasini tuşuntiriş, ularning qiymat ekvivalentligini körsatiş va qarorni bosim ostida emas, asoslangan kelişuv orqali qabul qilişdir.
Yangi xonadon eski uyga qançalik yaqin hududdan beriladi?
Yangi uy eski uyga imkon qadar yaqin bölişi aholining kundalik hayoti uçun muhim. Çunki odam faqat devor va tomdan iborat uyda yaşamaydi uning iş joyi, farzandining maktabi, boğçasi, tibbiyot muassasasi, mahallasi va ijtimoiy aloqalari ham mavjud.
Şu sababli renovatsiya jarayonida “hududga yaqinlik” muhim mezonlardan biri bölişi kerak. Biroq har doim aynan bir köça, bir mahalla yoki bir massiv içidan uy beriş texnik jihatdan imkoni bölmasligi mumkin.
Masalan, yangi quriliş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilsa, hududda tayyor uy fondi bölmasa yoki master-reja boşqa funksional zonalarni nazarda tutsa, muqobil hudud taklif qilinadi. Bunday holatda transport qulayligi, maktab va boğça mavjudligi, tibbiyot muassasalariga yaqinlik, bozor va jamoat transportiga çiqiş imkoniyati inobatga olinadi.
Mulkdorga beriladigan yangi xonadon qaysi hududdan böladi?
Yangi uy joylaşuvi loyiha master-rejasi, mavjud uy fondi, quriliş bosqiçlari, transport qulayligi, ijtimoiy infratuzilma va mulkdor bilan kelişuv asosida aniqlanadi.
Mulkdorga “albatta mana şu hududdan uy beriladi” degan umumiy va’da beriş töğri emas. Aniq taklif şakllanganda uy manzili, qavati, maydoni, xonalar soni, topşiriş muddati va texnik holati yozma ravişda körsatilişi kerak.
PQ-73-son qaror kompleks quriliş yondaşuvini nazarda tutadi. Bu yondaşuvda hudud faqat alohida bino sifatida emas, balki transport, maktab, boğça, muhandislik tarmoqlari, yaşil hududlar va jamoat makonlari bilan birga rejalaştiriladi.
Şu sababli yangi uy tanlaşda faqat kvadrat metr emas, balki yaşaş sifati, infratuzilma va hududning kelajakdagi rivojlanişi ham hisobga olinişi kerak.
Mulkdor rozi bölmasa, renovatsiya jarayoni qanday davom etadi?
Mulkdor rozi bölmasa, birinçi navbatda muzokara davom ettirilişi kerak. Baholaş natijalari tuşuntiriladi, e’tirozlar eşitiladi, zarur bölsa, alternativ variantlar taklif qilinadi.
Maqsad nizoni majburlaş orqali emas, asoslangan kelişuv orqali hal qiliş. Çunki renovatsiya jarayoni qançalik yirik bölmasin, u bevosita insonlarning uyi va mulk huquqiga taalluqli.
ÖRQ-781-son qonun jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkasini kompensatsiya evaziga olib qöyiş jarayonida taşabbus, oçiq körib çiqiş, kompensatsiya va tartib-taomillarni belgilaydi. Agar tomonlar kelişuvga erişa olmasa, masala amaldagi qonunçilikda belgilangan tartibda vakolatli organlar yoki sud orqali körib çiqilişi mumkin.
Mulkdor mustaqil baholovçi jalb qilişi mumkinmi?
Ha, mulkdor özi mustaqil baholovçi jalb qiliş huquqiga ega bölişi maqsadga muvofiq. Bu jarayon şaffofligini oşiradi va fuqarolarning işonçini mustahkamlaydi.
Biroq mustaqil baholovçi qonunçilikda belgilangan talab va standartlarga javob berişi, uning xulosasi esa tekşiriladigan metodikaga asoslangan bölişi kerak. Baholaş şunçaki “menimça, uyim şunça turadi” degan taxmin emas, bozor analoglari, texnik holat, joylaşuv va huquqiy hujjatlarga asoslangan professional xulosa bölişi lozim.
Agar loyiha tomoni taqdim etgan baholaş bilan mulkdor olib kelgan baholaş örtasida katta farq bölsa, tomonlar qöşimça ekspertiza, kelişuv komissiyasi yoki boşqa neytral mexanizm orqali farq sabablarini tahlil qilişi mumkin.
Buziladigan uyni kim baholaydi?
Uyni mustaqil, tegişli litsenziya yoki sertifikatga ega va qonunçilikka muvofiq faoliyat yurituvçi baholovçi taşkilot baholaşi kerak. Baholovçi manfaatlar töqnaşuvidan xoli bölişi, metodikasi tuşunarli va xulosasi tekşiriladigan bölişi zarur.
Baholaşda odatda quyidagi omillar hisobga olinadi:
1. uy joylaşgan hudud;
2. umumiy va yaşaş maydoni;
3. bino qurilgan yil;
4. konstruktiv va texnik holat;
5. ta’mir darajasi;
6. kadastr va huquqiy maqom;
7. bozor analoglari;
8. infratuzilma;
9. transport qulayligi;
10. obektning foydalaniş imkoniyati.
Baholaş xulosasi mulkdorga tuşuntirilişi kerak. Unda faqat yakuniy summa emas, balki qanday mezonlar asosida hisob-kitob qilingani, qaysi analoglar olingani va qanday çegirmalar yoki qöşimçalar qöllangani ham körsatilişi muhim.
Xalqaro amaliyotda ham baholaş şaffofligi kompensatsiyaga bölgan işonçni oşiradigan asosiy şartlardan biri hisoblanadi. Jahon bankining ESS5 standarti va IFC Performance Standard 5 yondaşuvlarida yöqotilgan aktivlar uçun kompensatsiya “replacement cost” ya’ni yöqotilgan mulkni bozor şaroitida tiklaşga yetadigan qiymatga yaqin bölişi kerakligi ta’kidlanadi.
Baholaş natijasidan norozi bölinsa, nima qiliş kerak?
Baholaş natijasidan norozi bölsangiz, birinçi navbatda natijani yozma ravişda qayta körib çiqişni söraşingiz mumkin. Bunda baholaş metodikasi, işlatilgan bozor analoglari va yakuniy summa qanday şakllangani tuşuntirilişi kerak.
Ikkinçi yöl mustaqil ikkinçi baholaş xulosasini taqdim etiş. Agar ikki baholaş örtasida jiddiy farq bölsa, tomonlar uşbu farq nimadan kelib çiqqanini aniqlaşi lozim: biri boşqa hududdagi analoglarni olganmi, texnik holat notöğri baholanganmi, yer yoki qöşimça qurilmalar hisobga olinganmi, huquqiy maqom töğri aniqlanganmi, bularning barçasi tekşiriladi.
Eski uy 100 kvadrat metr bölsa, yangi xonadon ham 100 kvadrat metr böladimi?
Agar eski uy 100 kv.m bölsa, prinsipial yondaşuv şuki, yangi taklif qiymat va yaşaş şaroiti böyiça ekvivalent bölişi kerak. Eng sodda yeçim — maydon böyiça yaqin yoki teng xonadon taklif qiliş.
Biroq amalda yangi binolardagi xonadonlar rejalaştirilgan tipologiya asosida quriladi. Şu sababli eski uyning maydoni bilan yangi xonadon maydoni har doim mutlaqo bir xil bölmasligi mumkin.
Agar yangi uy maydoni kamroq bölsa, qiymat farqi kompensatsiya qilinişi yoki boşqa variant taklif etilişi kerakligi muhokama qilinadi. Agar yangi uy maydoni köproq bölsa, ortiqça maydon böyiça qöşimça tölov, çegirma, qiymatni tenglaştiriş yoki boşqa kelişuv mexanizmi belgilanadi.
Barça hisob-kitoblar şaffof jadval orqali körsatilişi kerak. Mulkdor “nega menga aynan şu uy taklif qilinyapti?”, “maydon farqi qanday hisoblandi?”, “qöşimça tölov qayerdan kelib çiqdi?” degan savollarga aniq javob olişi lozim.
Xalqaro amaliyotda ham kompensatsiya odatda “full replacement cost” prinsipiga yaqinlaştiriladi. Bu köçirilayotgan şaxsning yaşaş şaroiti tiklanişi yoki imkon qadar yaxşilanişi kerakligini anglatadi. Jahon banki ESS5, IFC PS5 va boşqa xalqaro standartlarda köçiriş jarayoni hujjatlaştirilgan maslahatlaşuv, adolatli kompensatsiya va şikoyatlarni körib çiqiş mexanizmlari bilan yuritilişi kerakligi qayd etiladi.
Quriliş tugagunça ijara puli tölab beriladimi?
Quriliş tugagunça ijara puli tölab berilişi köçiriş jarayonidagi eng muhim ijtimoiy himoya çoralaridan biridir. Agar mulkdor eski uyini böşatişi kerak bölsa, lekin yangi uy hali topşirilmagan bölsa, u vaqtinçalik yaşaş joyi masalasida yolğiz qoldirilmasligi kerak.
Ijara kompensatsiyasi miqdori real bozor stavkalari, oila tarkibi, hudud, uy maydoni va loyiha imkoniyatiga qarab belgilanadi. Bunda “ijara beriladi” degan oğzaki va’da yetarli emas. Şartnomada ijara muddati, oylik miqdori, tölov sanasi, tölov şakli va quriliş keçiksa, muddat qanday uzaytirilişi aniq yozilişi kerak.
Masalan, agar yangi uy 18 oyda topşirilişi aytilsa, ijara tölovi ham şu davrni qamrab olişi lozim. Agar quriliş keçiksa, mulkdor yana noaniq vaziyatda qolmasligi uçun uzaytiriş mexanizmi oldindan belgilanadi.
World Bank, IFC va EBRD kabi xalqaro institutlar amaliyotida ham köçirilayotgan şaxslar yangi joyga ötgunça vaqtinçalik yaşaş yordami bilan ta’minlanişi yaxşi amaliyot sifatida qaraladi.
Mulkdor aynan şu hududda quriladigan yangi binodan xonadon olişi mumkinmi?
Aynan şu hududda quriladigan yangi binodan uy oliş istagi tabiiy va ijtimoiy jihatdan asosli. Çunki odam özi yaşagan mahallaga, qöşnilariga, maktabga, iş joyiga va kundalik infratuzilmaga boğlangan böladi.
Bu imkoniyat loyiha bosqiçlari, quriliş muddati, yangi binolardagi kvartira fondi, ustuvor toifalar va moliyaviy modelga boğliq.
Agar loyiha doirasida “şu hududga qaytiş” mexanizmi nazarda tutilsa, mulkdor vaqtinçalik ijara bilan ta’minlanib, quriliş tugagandan keyin yangi binodan uy olişi mumkin. Bu köplab mamlakatlarda qöllanadigan ijtimoiy jihatdan yumşoqroq yondaşuvlardan biri.
Biroq bunday holatda ham kutiş muddati, ijara tölovi, quriliş keçikişi, tanlanadigan xonadon parametrlari, qavat, maydon, topşiriş muddati va kafolatlar şartnomada aniq yozilişi kerak. Aks holda “keyin şu yerdan uy beramiz” degan umumiy va’da mulkdor uçun yetarli huquqiy kafolat böla olmaydi.
Kelişuv hujjatlari notarial tasdiqlanadimi?
Kelişuv hujjatlari huquqiy kuçga ega bölişi uçun yozma şaklda rasmiylaştiriladi. Köçmas mulk, mulk huquqi, pul kompensatsiyasi, uluşlar yoki boşqa muhim majburiyatlar bilan boğliq bitimlarda notarial tasdiqlaş va davlat röyxatidan ötkaziş talab qilinişi mumkin.
Amaliy hujjatlar paketi odatda quyidagilarni öz içiga oladi:
1. mulk huquqini tasdiqlovçi hujjatlar;
2. kadastr hujjatlari;
3. baholaş xulosasi;
4. kompensatsiya kelişuvi;
5. qabul-topşiriş dalolatnomasi;
6. tölov jadvali;
7. yangi uy topşiriş şartlari;
8. ijara kompensatsiyasi böyiça bandlar;
9. zarur hollarda notarial hujjatlar.
Har bir hujjat mulkdorga tuşuntirilişi va uning nusxasi berilişi kerak. Fuqaro nimaga imzo qöyayotganini, qanday huquqlardan foydalanayotganini va qanday majburiyatlarni olayotganini töliq tuşunişi lozim.
Mulkdor çet elda bölsa, renovatsiya böyiça kelişuv qanday rasmiylaştiriladi?
Mulkdor çet elda bölsa, uning iştirokisiz yoki roziligisiz masala norasmiy hal qilinmaydi. Mulkdor şaxsan kelişi, konsullik orqali rasmiylaştirilgan işonçnoma berişi yoki qonunçilikka muvofiq vakil tayinlaşi mumkin.
Amaliy jarayonda vakilning işonçnomasi, pasport ma’lumotlari, mulk huquqi hujjatlari va vakolat doirasi tekşiriladi. Vakil aynan qanday hujjatlarni imzolaşi, pul olişi, uy tanlaşi yoki kelişuv tuzişi mumkinligi işonçnomada aniq körsatilgan bölişi kerak.
Agar vakolat yetarli bölmasa, kelişuv imzolanmasligi lozim. Bu mulkdorning huquqlarini himoya qiladi va keyinçalik bitim haqiqiyligi böyiça nizolar yuzaga kelişining oldini oladi.
Uyda bir neçta mulkdor bölsa, kelişuv qanday tuziladi?
Agar uyda bir neçta mulkdor bölsa, kelişuv har bir mulkdorning huquqiy uluşi va vakolatiga qarab rasmiylaştiriladi. Barça mulkdorlar yoki ularning qonuniy vakillari kelişuv mazmunini tuşunişi va imzolaşi muhim.
Agar uluşlar kadastr yoki notarial hujjatlarda aniq körsatilgan bölsa, kompensatsiya şu uluşlar böyiça taqsimlanadi. Masalan, bir mulkdorda 50 foiz, boşqasida 25 foiz va yana birida 25 foiz uluş bölsa, kompensatsiya ham şu nisbatda hisoblanişi mumkin.
Biroq mulkdorlar özaro kelişib, yagona uy oliş, pulni bölişiş yoki alohida variantlarni tanlaş haqida kelişuvga erişişi ham mumkin.
Agar mulkdorlar örtasida nizo bölsa, loyiha taşkilotçisi ularning içki nizosini özi hal qilmaydi. Bunday masala notarius, kadastr, sud yoki boşqa vakolatli tartibda aniqlaştiriladi. Şundan keyingina kompensatsiya rasmiylaştiriladi.
Xonadondan taşqari qöşimça pul kompensatsiyasi ham sörasa böladimi?
Uydan taşqari alohida pul beriş masalasi kompensatsiya tarkibiga kiradigan aniq asos mavjud bölsa körib çiqiladi. Masalan, köçiş xarajatlari, vaqtinçalik ijara, maydon yoki qiymat farqi, hujjatlarni rasmiylaştiriş xarajatlari, kommunal ulanişlar yoki boşqa asoslangan xarajatlar bölişi mumkin.
Lekin “uy ham, qöşimça katta pul ham” talabi baholangan zarar va loyiha majburiyatidan ortiq bölsa, bu majburiy talab sifatida qabul qilinmaydi. Har bir tölov alohida asosga ega bölişi, hujjat bilan tasdiqlanişi va yozma kelişuvda körsatilişi kerak.
Xalqaro standartlarda ham qöşimça yordam köpinça köçiş, tirikçilikni tiklaş, zaif guruhlarni qöllab-quvvatlaş yoki vaqtinçalik yaşaşni ta’minlaş kabi aniq yönalişlar bilan boğlanadi.
Renovatsiya doirasida xorijdan uy olib berişni talab qiliş mumkinmi?
Xorijdan uy olib beriş renovatsiya loyihasining odatiy kompensatsiya şakli hisoblanmaydi. Kompensatsiya, odatda, Özbekiston hududidagi mulk, pul yoki loyiha doirasidagi boşqa maqbul yeçimlar orqali ta’minlanadi.
Agar mulkdor pul kompensatsiyasini tanlasa, u kelgusida uşbu mablağdan qanday foydalanişini özi hal qiladi. U pulga Özbekistonda yoki xorijda uy sotib olişi mumkin bu uning şaxsiy qarori.
Lekin loyiha taşkilotçisi xorijiy davlatda uy izlaş, sotib oliş, soliq, valuta, rasmiylaştiriş va mulk huquqini kafolatlaş majburiyatini öz zimmasiga olmaydi. Bu renovatsiya loyihasining vakolati va amaliy imkoniyatidan taşqaridagi talab hisoblanadi.
Mulkdor faqat premium-klass xonadonga rozi bölişini aytsa, bu talab qanoatlantiriladimi?
Premium-klass uy talabi mulkdorning şaxsiy xohişi sifatida qayd etilişi mumkin. Biroq u majburiy kompensatsiya standarti sifatida qabul qilinmaydi.
Kompensatsiya “mavjud huquq va qiymatni adolatli qoplaş” prinsipiga asoslanadi. Bu “istalgan toifadagi uy tanlaş” prinsipini anglatmaydi.
Agar eski uy bozor qiymati, joylaşuvi yoki texnik holati jihatidan premium segmentga yaqin bölsa, bu baholaşda aks etişi kerak. Masalan, markaziy hududdagi yirik, yaxşi ta’mirlangan va yuqori bozor qiymatiga ega uy bilan çekka hududdagi eskirgan uy bir xil baholanmaydi.
Agar eski uy iqtisod segmentida bölsa, premium uy faqat qiymat farqini mulkdor tölaşi yoki alohida kelişuv şarti mavjud bölsa körib çiqilişi mumkin. Bunday yondaşuv boşqa mulkdorlar oldida tenglikni saqlaydi va loyiha moliyaviy barqarorligini himoya qiladi.
Nizomiddin Pardayev,
Toşkent şahar investitsiyalar va
taşqi savdo boşqarmasi
boşliği örinbosari