Sud jinoyat qilgan ayolga ishni tugatish haqida ajrim chiqardi
2018 yil iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati, Uchquduq tuman sudining majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudya J.Karimov raisligida o‘tgan sud majlisida Mo‘minova Zarnigor Narimon qiziga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sudlanuvchi Z.Mo‘minova, Navoiy viloyati Uchquduq tumani “Dehqon bozori” hududidagi 150-sonli savdo do‘konida og‘zaki kelishuv asosida, yollanma ishchi vazifasida ishlab kelib, savdo do‘kon egasi Umarova Dilafruz Hojiqurbonovnaning ishonchiga kirgan. 2018 yil 26 iyun kuni soat 12:30larda D.Umarova bilan uning uyiga tushlik qilish maqsadida borib, yashirin ravishda uy kalitini qo‘lga kiritgan.
Shu kuni 16:30larda D.Umarovaning xonadonida uy egalari yo‘qligi to‘g‘risida xabar topib, o‘zining avvaldan tuzgan rejasiga asosan ushbu xonadonga kelib muqaddam qo‘lga kiritilgan kaliti bilan xonadon eshigini ochib mazkur xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon balkonida turgan seyfni ochmoqchi bo‘lgan vaqtida, mazkur xonadonda yashovchi D.Umarovaning o‘g‘li A.Toxirov va qizi A.Toxirovalar kelib qolganligi sababli, o‘z jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxirigacha yetkaza olmasdan, voqea joyidan qochib yashiringan.
Sud Z.Mo‘minova tomonidan sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfliligiga ko‘ra, qasddan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat hisoblab, Z.Mo‘minova birinchi marotaba mazkur jinoyatni sodir etganligi, aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini, jinoyat oqibatida zarar mavjud emasligi, jinoyat ishini ko‘rish paytida qilmishidan amalda chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi sababli jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqardi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (firibgarlik, uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan bo‘lsa) bilan ayblangan Z.Mo‘minovaga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan ish yuritish tugatildi.
Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqliligi tushuntirildi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
12:16 / 01.11.2024