Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonga xalqaro internet tarmog‘i xizmatlarini eksport qilmoqchi
Foto: uztelecom.uz
O‘zbekiston-Afg‘oniston xalqaro chegara punktlarida «O‘zbektelekom» AK va AWCC tarmoqlari o‘rtasida yangi xalqaro chegara qo‘shma qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda «O‘zbektelekom» AK matbuot markazi xabar tarqatmoqda.
24 iyul kuni «O‘zbektelekom» AK va Afg‘oniston Islom RespublikasiningAfghan Wireless Communication Company (AWCC) telekommunikatsiya operatori rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi va O‘zbekiston / Afg‘oniston xalqaro chegara punktlarida «O‘zbektelekom» AK va AWCC tarmoqlari o‘rtasida yangi xalqaro chegara qo‘shma qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi.
Ushbu bitim Afg‘onistonga xalqaro internet tarmog‘i xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini beradi.
Xabarda aytilishicha, muzokaralar davomida o‘zaro telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq texnik va tijorat masalalari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
20:48 / 10.10.2025
Pavel Durov «erkin internetni qutqarishga» chaqirdi
22:20 / 08.10.2025
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020