O‘zbekiston | 19:24 / 26.07.2018
20648
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zMTRK rahbariyatida o‘zgarish. Raisga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Akram Eshonqulov O‘zbekiston MTRK raisi Alisher Xo‘jayevga o‘rinbosar etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Shodmonov lavozimidan ozod etilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid