Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Abdusalom Şodmonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ÖzMTRK raisi örinbosari sifatida işlab kelayotgan Abdusalom Şodmonov joriy yilning 13 aprel kuni işdan böşatildi. Ayni paytda bunga nima sabab bölgani oşkor etilmayapti.
Kun.uz axborot manbasi tanişib çiqqan hujjatda Şodmonovning lavozimdan böşatilişi Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov tomonidan tasdiqlangani aytiladi. Kompaniya rasmiy saytida esa rahbariyatdagi özgariş haqida rasmiy ma'lumot mavjud emas.
Eslatib ötamiz, ÖzMTRKda qisqa muddat işlagan Xurşid Mirzohidov ötgan yilning 2 avgust kuni teleradiokompaniya rahbarligidan ketgani haqida xabar berilgandi. Şuningdek, uning örniga 12 yil davomida televideniyega rahbarlik qilgan Alişer Xöjayev tayinlangani ma'lum bölgandi.











