O‘zbekiston delegatsiyasi AQShning Xelsinki komissiyasi raisi Rojyer Uiker bilan uchrashdi
2018 yilning 25 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vashington shahrida Missisipi shtatidan saylangan senator, AQShning Xelsinki komissiyasi raisi Rojyer Uiker bilan uchrashdi.
TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston – AQSh kun tartibidagi qator masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston-AQSh parlamentlararo muloqotini hamda inson huquqlarini ta'minlash sohasidagi hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish zarurligi ta'kidlandi.
Rojyer Uiker prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida erishilgan O‘zbekistondagi jiddiy yuksalishni qayd etdi. Vashington shahrida o‘tkazilayotgan Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizni taklif etish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan senator O‘zbekistondan nufuzli delegatsiyasining forumda qatnashishini ijobiy baholadi va davlatimizdagi hayotning barcha jabhalarini yanada demokratlashtirishga qaratilgan va siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatladi.
Senator Rojyer Uiker AQSh Senatining yaqinda qabul qilingan qarori mualliflaridan biri bo‘lib, ushbu qarorda 2016 yil dekabr oyida O‘zbekistondagi prezident saylovidan buyon e'tiqod erkinligi sohasini yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan choralar, jumladan BMTning din masalalari bo‘yicha maxsus vakili tavsiyalarini bir yil davomida amalga oshirish bo‘yicha Oliy Majlis palatalari ma'qullagan «Yo‘l xaritasi» yuqori baholanadi.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024