O‘zbekiston | 08:22 / 28.07.2018
14653
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik sub'yektlarining rejali va nazorat tartibidagi tekshiruvlari bekor qilinadi

Foto: Dreamstime

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Hujjat bilan 2018 yil 1 sentabrdan: 

tadbirkorlik sub'yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar; 

tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinadi. 

Belgilab qo‘yilishicha, 2018 yil 1 sentabrdan: 

Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi; 

nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart; 

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi; 

tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid