Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya diplomatlari KXDR bo‘yicha «soatlarni tekshirib olishdi»
AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan Vashingtonda Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Cho Xyon bilan uchrashdi va KXDR atrofidagi vaziyatni muhokama qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
«Ular KXDRning yakuniy, to‘liq tasdiqlangan yadrosizlanishiga erishish yo‘lidagi yaqin hamkorlikni tasdiqladilar. KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapurda aynan shunga rozi bo‘lgandi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Koreya urushi paytida halok bo‘lgan amerikalik harbiylarning xokini qaytarish bo‘yicha va'dasini bajargan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga minnatdorlik bildirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In o‘z va'dasini to‘liq bajardi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026