Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YaTTga yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqi berilmoqda
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankining 2018 yil 1 sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
09:32 / 25.02.2026
Tadbirkorlar va ilm-fan hamkorligi uchun maxsus elektron platforma yaratiladi
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
10:11 / 13.02.2026