«Qo‘qon-1912» yana penalti orqali g‘alabaga erishdi, «Buxoro» Navoiyda «Qizilqum»ni yengdi
Bugun, 29 iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 19-tur uchrashuvlari doirasida yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tur doirasida Qo‘qonda «Qo‘qon-1912» Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
54-daqiqada qo‘qonliklar hisobni ochishdi: raqib jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilgan Quvondiq Ro‘ziyev darvozani ishg‘ol etdi.
76-daqiqada Sanjar Rashidov jarima zarbasidan muvozanatni tikladi, ammo 6 daqiqa o‘tib mezbonlar yana oldinga chiqib olishdi. Hakam jizzaxliklar himoyachisi Ro‘ziyevga jarima maydoni ichida qo‘pollik qildi deb topdi va penalti belgiladi, Murod Xolmuhamedov esa yana bir bor 11 metrli nuqtada adashmadi hamda jamoasiga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, bu qo‘qonliklar ushbu mavsumda sakkizinchi marta penaltidan gol urmoqda. Bu jamoaning mavsumda urgan gollarining qariyb yarmi hakamlar 11 metrli nuqtani ko‘rsatganidan keyin urilgan.
Endilikda, ushbu g‘alabadan so‘ng qo‘qonliklar 24 ochko to‘plagan holda 7-o‘ringa ko‘tarilib olishdi, «So‘g‘diyona» 16 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.
Yana bir bellashuv esa Navoiyda bo‘lib o‘tdi. Unda «Qizilqum» «Buxoro» jamoasiga qarshi kurash olib borib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 77-daqiqada Arslonmurod Omonov tomonidan urildi.
Bu g‘alabadan keyin «Buxoro» ochkolari sonini 29taga yetkazdi va 5-o‘ringa qaytdi, «Qizilqum» esa 20 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Superliga, 19-tur
29 iyul, yakshanba
«Qo‘qon-1912» – «So‘g‘diyona» 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 54 Ro‘ziyev, 1:1 – 76 Rashidov, 2:1 – 83, penalti Xolmuhammedov.
«Qo‘qon-1912»: O‘tkir Yusupov, Bahodir Akramov (Darko Gojkovich, 71), G‘iyos Komilov, Nosir Otaqo‘ziyev (Behruz Sadilloyev, 56), Firdavs Asadov, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziyev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Jasur Hakimov (Javohir Sidiqov, 66).
«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Shoxruz Norxonov, Tohir Shamshiddinov, Sanjar Rashidov, Sernas Darvidas (Izatilla Abdullayev, 68), Kim Dong-Xi (Sardor Azimov, 59), Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, Ixtiyor Toshpo‘latov.
Ogohlantirishlar: Qulmatov 25, Norxonov 32, Xolmuhammedov 32, Rustamov 44, Darvidas 58, Orifov 82, Sa'dullayev 89.
«Qizilqum» – «Buxoro» 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 77 Omonov.
«Qizilqum»: Erkin Jabborov, Erkin Boydullayev, Giorgi Kvesiyeshvili, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov (Sherali Jo‘rayev, 79), Muhsin Ubaydullayev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov (Nemanya Yovanovich, 54), Ivan Nagayev, Salim Mustafoyev.
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Arslonmurod Omonov, Shavkat Salomov (Suhrob Ne'matov, 85), San'at Shixov, Shavkat Mullajonov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Rahmatullo Berdimurodov, Mirjalol Jumayev, Aziz Ibragimov (Vadim Chemirtan, 46), Vlad Larinov (Behruz Shodmonov, 73).
Ogohlantirishlar: Ismoilov 16.
Mavzuga oid
21:55 / 19.10.2024
Superliga o‘yini yarim soatga to‘xtab qoldi. PFL o‘yin komissarining IIB bo‘linmasiga olib ketilishi bo‘yicha bayonot berdi
12:13 / 17.06.2024
Superliga. Alijonov qaytgan markaziy o‘yinda kuchlar teng keldi - fotojamlanma
14:08 / 13.05.2024
«Yosh o‘yinchilar mashg‘ulotga ham qatnay olmayapti». Samarqandga futbol kerak emasmi?
18:17 / 28.02.2024