Jahon | 16:52 / 30.07.2018
10111
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya TIV rahbari Xitoyga tashrifi chog‘ida xotinini yaponiyalik deb aytib, adashib ketdi

Foto: Jonathan Brady/PA

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining rahbari Jyeremi Xant Xitoyga qilgan safari chog‘ida «dahshatli xatoga» yo‘l qo‘ydi, deb xabar bermoqda The Guardian gazetasi.

Xant, Boris Jonsonning ketishi ortidan, Xitoyda Tashqi ishlar vazirligining boshlig‘i sifatida birinchi rasmiy tashrif bilan bo‘lgan. Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Xitoy tomonining tilini topish uchun Xant o‘z xotini haqida gapirishni xohlagan, ammo uni xato tufayli xitoylik emas, balki «yaponiyalik», deb atadi. Shunga qaramay, britaniyalik siyosatchi tezda «dahshatli» xatosini tan oldi.

«Mening xotinim yaponiyalik - mening xotinim xitoylik. Bu juda katta xatodir», dedi Xant Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Iga. 

Shundan so‘ng, Xant xotini xitoylik, farzandlari esa - yarim xitoylik ekanligini, Xitoyda qarindoshlari borligi - ularning buvisi va buvasi, aynan shuning uchun unda «Xitoyda mustahkam oila rishtalari» borligini takrorlagan.

Gazetaning qayd etishicha, Xitoy va Yaponiya asrlar davomida raqobatlashib kelgan. Yaqinda aloqalar birmuncha yaxshilandi, biroq mamlakatlar hali ham eski ziddiyatlarni boshdan kechirmoqda, deyiladi materialda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid